Sirdaryo viloyati Guliston tumanida 14 yil davomida faqat shar’iy nikoh asosida yashab kelgan oila fuqarolik holati huquqiy jihatdan rasman tan olinishiga erishdi. Bu voqea O. Sattorov va Sh. Abduqodirova oilalari uchun muhim ahamiyat kasb etib, ularning oilaviy munosabatlari tuman FHDYO bo‘limida qonuniy asosda qayd etildi.

Mazkur holat aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, rasmiy nikohning huquqiy va ijtimoiy ahamiyatini keng targ‘ib qilish borasida Guliston tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda tuman FHDYO bo‘limi hamkorligida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samarasining yorqin namunasidir.

Oila tomonidan berilgan murojaat asosida ularning nikoh munosabatlari rasman qayd etilib, davlat guvohnomasi tantanali tarzda topshirildi. Bu esa, oila a’zolarining huquqiy maqomini mustahkamlashga, shuningdek farzandlarga nisbatan ota-onalik huquqlarini to‘liq amalga oshirishga huquqiy zamin yaratdi.

Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan rasmiy nikohning huquqiy va ijtimoiy kafolatlari, ayniqsa ayollar va bolalarning huquqiy himoyasi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Ma’lumki, O‘zbekistonda oila institutini mustahkamlash, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, farzandlar tarbiyasida barqaror muhit yaratish davlat ijtimoiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sanaladi. Bu jarayonda fuqarolik jamiyati institutlari va davlat organlari o‘rtasidagi samarali hamkorlik alohida ahamiyat kasb etmoqda.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
14 yildan so‘ng rasmiy nikoh qayd etildi