Vengriya poytaxti Budapesht shahrida dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasida o‘tayotgan jahon chempionatining ortda qolgan birinchi kungi musobaqalaridan so‘ng Yaponiya va Italiya jamoalari 1 tadan oltin medal bilan umumjamoada yetakchilik qilmoqda.
93 ta mamlakatning 556 nafar dzyudochisi ishtirok etayotgan dunyo birinchiligining kechagi bellashuvlarida terma jamoamiz a’zolari Bahrom Boturov -60 kilogrammda, Halimajon Qurbonova va Laziza Haydarova -48 kilogrammning saralash bellashuvlarida imkoniyatni boy berishdi.

Bugun chempionatning ikkinchi kungi musobaqalarida So‘g‘diyona Rafkatova va Muhayyo Ahmatova ayollar o‘rtasida -52 kilogrammlilar kurashida, Zamohshari Bekmurodov hamda Azizbek Ortiqov -66 kilo og‘irlikda kechadigan bellashuvlarda tatamiga chiqadi.
Jahon chempionati bellashuvlari 19 iyunga qadar davom etadi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA