Jeneva shahrida Oliy Majlis Senati Raisi, Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha milliy komissiya raisi Tanzila Norboyeva “Better Cotton” xalqaro tashkiloti bosh direktori Alan Makkley bilan uchrashdi.

Unda O‘zbekistonda “Better Cotton” dasturini amalga oshirish jarayonlari va bu yo‘nalishdagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

“Better Cotton” dasturining nafaqat sertifikatlashtirish vositasi, balki ekologik, ijtimoiy va mehnat amaliyotlarini yaxshilashga xizmat qiluvchi platforma sifatidagi ahamiyatiga alohida urg‘u berildi.

Dasturda ishtirok etish orqali O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilari uchun jahon bozorlariga chiqish imkoniyatlari kengayishi va mamlakatning to‘qimachilik mahsulotlari sohasida mas’uliyatli yetkazib beruvchi sifatidagi mavqei mustahkamlanishi qayd etildi.

O‘zbekistonda “Better Cotton” dasturi qamrovini kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi. Bugungi kunda dastur qariyb 30 ming tonna paxta xomashyosi yetishtiradigan 6 klasterni qamrab olgan.

Tomonlar sheriklikni yanada chuqurlashtirishga tayyor ekanini bildirdi.

N.Abduraimova,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda “Better Cotton” dasturi qamrovi kengaytiriladi