Ijtimoiy tarmoqlar haqida eshitar ekanmiz, bu so‘z endi hech birimizga begona yoki notanish bo‘lmay qoldi. Markaz, shaharlardan tortib olis, eng chekka qishloq, tumanlargacha kirib borgan ijtimoiy tarmoqlar endilikda yetti yoshdan yetmish yoshgacha bo‘lgan insonlarning barchasiga tanish va qadrdon bo‘lib qoldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yurtimizda 6 milliondan ziyod o‘quvchi va 1 milliondan ortiq talaba ta’tilga chiqqan. Albatta, bu bo‘yicha mas’ul tashkilotlar yoshlarning ta’til vaqtini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha zaruriy sharoitlarni yaratish bilan shug‘ullanishmoqda. Ta’til mavsumida joylardagi amfiteatr va sayilgohlarda har kuni konsert va musiqa kechalari o‘tkazish, madaniyat va istirohat bog‘larida san’at ko‘rgazmalari, she’riyat kechalari va intellektual o‘yinlar tashkil etish rejalashtirilgan.
Ammo ijtimoiy tarmoqlar shu darajada hayotimizning bir qismiga aylanib ulgurganki, farzandlarimizni ijtimoiy cheklov emas balki tarmoqlardan oqilona foydalanish, o‘z bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashga o‘rgatishimiz kerak bo‘ladi. Bugungi lavhamizda mutaxassis aynan yozgi ta’tilda farzandlarimizni ijtimoiy tarmoq qarmog‘iga tushib qolmasliklari bo‘yicha tavsiyalarni berib o‘tadi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/IEpuogh7nwQ" title="Ijtimoiy tarmoq “qarmoq“ga aylanmasligi uchun tavsiyalar" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, A.Ahmedov (video), O‘zA