Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining majlisida Bosh prokurorning prokuratura organlarining 2024 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi.

Qo‘mita raisi Abdulhakim Eshmurodov qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida prokuratura organlari izchil ishlar amalga oshirayotganini ta’kidladi. 

Aholining kam ta’minlangan, ehtiyojmand va ijtimoiy zaif qatlamini qo‘llab-quvvatlash, ekologik barqarorlikka erishish, tabiatga zarar yetkazish bilan bog‘liq holatlarning oldini olish, tabiiy hududlarni noqonuniy egallash va noqonuniy qurilishlarga qarshi qat’iy choralar ko‘rilmoqda. 

Xususan, 489 nafar fuqaroga 3,8 milliard so‘mlik kechiktirilgan ish haqi va boshqa to‘lovlar undirib berilgan. 11,2 milliard so‘mlik ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar talon-toroj qilingani aniqlanib, tegishli choralar ko‘rilgan.

Aholi bandligini ta’minlash maqsadida 7 ming 941 nafar fuqaro, jumladan, 4 ming 156 nafar yoshlar va 3 ming 785 nafar xotin-qizlar prokurorlar ko‘magi bilan ishga joylashtirilgan.

Voyaga yetmaganlarning huquqiy himoyasi ta’minlangan, jumladan, 54 ming 64 nafarining buzilgan huquqlari tiklangan.

Korrupsiya bilan bog‘liq holatlar yuzasidan 2 ming 965 jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 4 ming 906 nafar mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan. Jinoyat oqibatida yetkazilgan 847 milliard so‘mlik zararning tergovda undirilishi ta’minlangan. 

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash masalasiga ham alohida e’tibor qaratilib, kelib tushgan murojaatlarning 273 mingtasi bevosita prokuratura organlarida hal qilingan. 372 ming nafar fuqaro qabul qilinib, muammolarini hal etish choralari ko‘rilgan.

Muhokama jarayonida senatorlar tomonidan ijtimoiy sohada aholining bandligini ta’minlash, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” kabi tizimlar orqali uyma-uy yurib muammolarni aniqlash hamda tizimli hal etish ishlarini izchil davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.

Tadbirkorlik sub’ektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni qat’iy amalga oshirish zarurligiga alohida e’tibor qaratildi.

Majlisda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga parlamentdagi muxolifatning kafolatlangan huquqlarini kengaytirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun ham ko‘rib chiqildi.

Qayd etilishicha, ushbu qonun so‘z erkinligini ta’minlash, siyosiy partiyalarning jamiyatdagi o‘rnini yanada mustahkamlash maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib, “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi, “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi faoliyatini tartibga soluvchi qonunlarga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. 

Ushbu hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqilguniga qadar ham o‘sha masalaga doir qonun loyihasining muqobil tahririni kiritish kabi qo‘shimcha huquqlar o‘zini parlamentdagi muxolifat deb e’lon qilgan siyosiy partiya fraksiyasiga berilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda. 

Ushbu fraksiyaning vakillari Qonunchilik palatasining bir nafar qo‘mita raisi va ikki nafar qo‘mita raisi o‘rinbosari lavozimlarini kafolatli egallashi, har chorakda “hukumat soati” va parlament so‘rovi doirasida masala kiritishi nazarda tutilmoqda. 

“Ijro ishi bo‘yicha kafolat mablag‘larini kiritish instituti joriy etilishi munosabati bilan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qonun bilan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimi takomillashtirilayotgani qayd etildi. 

Qonun bilan mulkiy tusdagi sud hujjati bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishini majburiy ijro organining depozit hisobvarag‘iga pul mablag‘larini o‘tkazish yo‘li bilan ta’minlash ko‘zda tutilmoqda. Bu mexanizm ijro ishlarini vaqtincha to‘xtatish, qarzdor va uning mulkiga nisbatan qo‘llanilgan cheklovlarni bekor qilish imkonini beradi. 

N.Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Senat: korrupsiya bilan bog‘liq ishlar doirasida 5 mingga yaqin mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan