Ma’lumki, 2025 yilgi Davlat byudjetidan bog‘chalar qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlashga ajratiladigan mablag‘larning 50 foizi “Mening bog‘cham” loyihasi doirasida sarflanishi belgilab berilgan.

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova boshchiligida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonlari sifatini oshirish, 1-sinfga o‘quvchilarni qabul qilish hamda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi ta’lim muassasalariga qabul jarayonlarini tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan “Vazir soati” bo‘lib o‘tdi.

Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan tadbirda vazir o‘rinbosarlari, vazirlik mas’ullari, hududiy boshqarmalar, tizim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.

Vazirning ta’kidlashicha, maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrov ko‘rsatkichini oshirish bo‘yicha qator ishlar olib borilayotgan bo‘lsada, ammo ayrim hududlarda bu boradagi ishlarni tashkil etishda sustkashlikka yo‘l qo‘yilgan. Shu bilan birga, bog‘cha binolarini jihozlash, o‘quv-metodik adabiyot va metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlashda aniq me’yorlar qabul qilinmagan.

Muloqot davomida mas’ullar oldiga bog‘cha tarbiyachilarining kasbiy salohiyatini rivojlantirish hamda malakasini oshirish, shuningdek ularni zarur o‘quv adabiyotlari bilan to‘liq ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

Yig‘ilishda 2025-2026 o‘quv yilida o‘quvchilarni 1-sinfga qabul qilish jarayonlari hamda bu boradagi qilinishi lozim bo‘lgan ishlar hududlar miqyosida atroflicha tahlil etildi.

Qayd etilishicha, yangi o‘quv yilida 1-sinfga onlayn qabul tashkil etiladigan tuman (shahar)lar soni 64 taga, maktablar soni 1 ming 920 taga yetkazildi. Joylarda 1-sinfga qabul jarayonlarini onlayn amalga oshirish va raqamlashtirish borasidagi muammolarni to‘liq bartaraf etish, 1-sinfga qabul jarayonlarini shaffof tashkil etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Shuningdek, biriktirilgan mikrohududdagi maktab yoshidagi bolalar soni, maktablarning quvvati, pedagoglar bilan ta’minlangani, sanitariya talablariga mosligi hamda darsliklarga berilgan buyurtmalarni inobatga olgan holda 1-sinf qabul rejasini tasdiqlash belgilandi.

Vazirlikning hududiy boshqarmalari hamda tuman va shahar bo‘limlarida qabul jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha shtab tashkil etilishi va ota-onalarning bu boradagi har bir murojaati tezkor ko‘rib chiqilishi ma’lum qilindi. Shu bilan birga, UZINFOCOM bilan birgalikda qabul jarayonida fuqarolarning murojaatlarini tezkor ko‘rib chiqib uchun “Ishonch telefoni” va “Call-markaz” faoliyatining uzluksiz ishlashi ta’minlanadi.

Yig‘ilishda 2025-2026 o‘quv yilida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ta’lim muassasalariga qabul jarayonlari masalasi ham ko‘rib chiqildi. Joriy yil 1 iyundan boshlab Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan va sport maktablarida o‘qish istagida bo‘lgan talabgorlarning hujjatlarini onlayn qabul qilish jarayonlari boshlandi.

Ma’lum qilinishicha, Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida 16 ta yangi ixtisoslashtirilgan maktab hamda Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati tashkil etilgan. Ayni vaqtda ushbu maktablarga o‘qish istagida bo‘lgan talabgorlarning hujjatlari qabul qilinmoqda.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vazir soati: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qamrov ko‘rsatkichini oshirish borasida sustkashlikka yo‘l qo‘yilgan