“El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali erkin va ijodiy fikrlaydigan yoshlarni nufuzli xorijiy oliygohlarga o‘qishga yuborish ko‘lamini ikki baravarga oshirish bo‘yicha vazifa belgilangan.

Qayd etish lozimki, bugungi kunda 750 nafar stipendiat AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Kanada, Yaponiya, Ispaniya, Janubiy Koreya va boshqa rivojlangan mamlakatlarning eng nufuzli ta’lim va tadqiqot, innovatsiya va amaliyot maskanlarida ta’lim olmoqda.

Xo‘sh, "El-yurt umidi" jamg‘armasiga topshirilgan hujjatlarda keltirilgan universitetni keyinchalik o‘zgartirish imkoni bormi?

Jamg‘arma matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, mavjud tartibga asosan, "El-yurt umidi" stipendiyasi g‘oliblari ochiq tanlov asosida test sinovlari va suhbat o‘tkazish orqali aniqlanadi. Test sinovlarida nomzodlarning intellektual, tahlil qilish va kreativlik qobiliyatlari, psixologik barqarorligi baholanadi.

Stipendiya tanlovlari vaqtida nomzod tomonidan oliygoh ko‘rsatiladi. Nomzodlarning hujjatlari 2025 yil 3 iyundan – 16 iyunga qadar, respublikaning barcha hududlari vakillari uchun yagona tartib va teng imkoniyat asosida, onlayn rejimda va elektron tarzda qabul qilinadi. Belgilangan muddat yakuniga yetganidan so‘ng, nomzodga "El-yurt umidi" jamg‘armasiga topshirilgan hujjatlarda keltirilgan universitetni o‘zgartirish imkoni berilmaydi.

Muhayyo Toshqorayeva,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"El-yurt umidi" jamg‘armasiga topshirilgan hujjatlarda keltirilgan universitetni keyinchalik o‘zgartirsa bo‘ladimi?