Jeneva shahrida Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT)ning 113-sessiyasi davom etmoqda.

Anjuman doirasida Oliy Majlis Senati Raisi, Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha milliy komissiya raisi Tanzila Norboyeva XMT Bosh direktori Jilber Ungbo bilan uchrashdi. 

Unda O‘zbekiston va XMT o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarining hozirgi holati va istiqbollari, shuningdek, amalga oshirilayotgan qator muhim tashabbuslar va loyihalar muhokama qilindi.

Jumladan, har yili atrof-muhit, mehnat huquqlari va boshqa yo‘nalishlarda XMT bilan imzolanayotgan kelishuvlar izchil amalga oshirilayotgani qayd etildi. 

Bundan tashqari, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida olib borilayotgan islohotlar XMTning ustuvor yo‘nalishlari va tamoyillari bilan to‘la mos kelishi ta’kidlandi.

Uchrashuvda munosib mehnat bo‘yicha 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan mamlakat dasturining amalga oshirilishi bo‘yicha fikr almashildi.

N.Abduraimova,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi XMTning ustuvor yo‘nalishlari va tamoyillariga to‘la mos keladi