O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining amaldagi raisi, Finlyandiya tashqi ishlar vaziri Elina Valtonen bilan uchrashdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston va Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti o‘rtasidagi sheriklikning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qildi. Mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash, to‘g‘ri davlat boshqaruvi tamoyillarini ilgari surish va inson huquqlarini himoya qilish kabi sohalardagi qo‘shma tashabbuslarga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, O‘zbekiston va Findlyandiya o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda ikki tomonlama aloqalarni kengaytirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.
— Finlyandiya tomonining o‘zaro hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga bo‘lgan intilishini yuksak qadrlaymiz va konstruktiv muloqotni davom ettirib, qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishga umid qilamiz, — dedi Baxtiyor Saidov.
Aziza Alimova tayyorladi, O‘zA