Bugun “Air India” aviakompaniyasining Londonga uchayotgan samolyoti Hindistonning Ahmadobod aeroporti yaqinida havoga ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay baxtsiz hodisaga uchradi.

Boeing 787-8 Dreamliner samolyotida 242 kishi, jumladan 230 yo‘lovchi va 12 ekipaj a’zosi bo‘lgan. Uchoq qulagan hududdan olingan tasvirlarda havoni qoplagan quyuq qora tutun aks etgan. Hozircha qurbonlar haqida aniq ma’lumotlar yo‘q

Halokatdan so‘ng, voqea joyiga darhol favqulodda xizmatlarning yettita o‘t o‘chirish mashinasi yetib kelgan. Manbaga ko‘ra, samolyot binolar ustiga qulagan.

“India Today” nashri Gujarat sobiq bosh vaziri Vijay Rupani ham jabrlanuvchilar ichida bo‘lganini qayd etdi.

Musulmon Ziyo, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hindistonda yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi