Davlatimiz rahbarining joriy yil 15 maydagi tegishli farmoni bilan iqtidorli yoshlarni barvaqt aniqlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan "Prezident iqtidorli farzandlari" tashabbusini amalga oshirish chora-tadbirlari belgilab berilgan.

"Yangi O‘zbekiston" universitetida "Prezident iqtidorli farzandlari" tashabbusining taqdimotiga bag‘ishlangan “Yilning eng quvonchli yangiligi” tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda qayd etilishicha, “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi doirasida O‘zbekiston bo‘ylab 3 ming nafar iqtidorli o‘quvchi tanlab olinadi va oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar asosida tayyorlanadi.

Ushbu o‘quvchilar "Harvard", "Yale", "Princeton", "Upenn", "Cornell" kabi yetakchi universitetlarga qisqa muddatli kurslarga yuboriladi. Mazkur universitetlarga o‘qishga qabul qilingan o‘quvchilarning o‘qish xarajatlari "El-yurt umidi" jamg‘armasi tomonidan moliyalashtiriladi.

Shuningdek, dastur doirasida har yili xorijiy oliygohlarda o‘qishga salohiyati mavjud umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari (respublika bo‘ylab 1 500 nafargacha) imtihon asosida saralab olinadi.

“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusining ikkinchi yo‘nalishi – Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatining tashkil etilishi bo‘ldi.

Maktabga O‘zbekistonning eng iqtidorli 8-sinf bitiruvchilari orasidan har yili 60 nafar o‘quvchi qabul qilinadi.

Qabul jarayoni ikki bosqichda amalga oshiriladi.

1-bosqichda har bir hududda matematika va ingliz tili fanlaridan 40 tadan test savoli asosida 100 ballik tizimda saralash imtihoni bo‘lib o‘tadi va eng yuqori ball to‘plagan 300 nafar o‘quvchi Toshkent shahridagi 2-bosqichga o‘tadi.

2-bosqichda ham matematika va ingliz tilidan yozma imtihon o‘tkazilib, yakuniy natijalarga ko‘ra 60 nafar eng yuqori ball to‘plagan o‘quvchi maktabga qabul qilinadi.

O‘quvchilar tahsil davomida nafaqat ingliz tili, balki kamida yana bitta qo‘shimcha xorijiy tilni ham puxta o‘zlashtiradi.

Bitiruvchilarga dunyoning yetakchi universitetlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish imkoniyati beriladi.

Muhayyo Toshqorayeva,
O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi doirasida 3 ming nafar iqtidorli o‘quvchi tanlab olinadi 