Mo‘g‘uliston muzeyi kolleksiyasida tirannozavrlarning evolyutsion tarixini “qayta yozilishi”ga sabab bo‘ladigan yangi turdagi dinozavr qoldiqlari kashf etildi, deb yozmoqda “BBC” nashri.

Tadqiqotchilar 86 million yoshli ikkita skeletni hozirda barcha tirannozavrlarning eng yaqin ajdodi bo‘lgan “T.rex”yirtqichlar guruhiga tegishli degan xulosaga kelishdi.

Mazkur noyob kashfiyotga “Xankhuuluu mongoliyensis”, ya’ni, “Mo‘g‘uliston ajdarho shahzodasi” degan nom berildi. 

– Ushbu “shahzoda” kichikroq tirannozavr ekanligini anglatmoqda, -dedi Kanadaning Kalgari universiteti paleontologi, professor Darla Zelenitskiy. – Tirannozavrlar ikki oyoqda yuradigan yirtqich dinozavrlarning super oilasi hisoblanadi. Ushbu kichik tirannozavrning vazni taxminan 750 kg atrofida bo‘lgan, katta yoshli “T.ryex”lar esa bundan sakkiz baravar ko‘proq og‘irlikda bo‘lgan. Bu bizga tirannozavrlar shajarasini qayta ko‘rib chiqishga va ularning evolyutsiyasi haqida bilganimizni qayta yozishga yordam beradi.

Musulmon Ziyo, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mo‘g‘ulistonda dinozavrning yangi turi topildi