O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazining “Kasbga yo‘naltirish ishlarini tashkil etish va metodik ta’minot bo‘limi”ning yillik ish rejasiga asosan va umumta’lim maktablarida kasbga yo‘naltirish ishlarini yanada takomillashtirish maqsadida “Kasb-hunarga yo‘naltirish: barqaror taraqqiyotning rivojlanish kaliti” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi onlayn va oflayn shaklda o‘tkazildi.
Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, ta’lim muassasalarining mutaxassis olimlari, pedagog xodimlari, ilmiy tadqiqotchi izlanuvchilar, shuningdek xalqaro mutaxassislar YUNICEF xalqaro tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Buyuk Britaniya va Kanadadan mutaxassislar ishtirok etishdi.
Konferensiyada ishtirokchilar bilan O‘zbekistonda kasbga yo‘naltirishni rivojlantirish istiqbollari bilan bog‘liq dolzarb muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha ilmiy, metodik hamda amaliy masalalarni atroflicha muhokama qilindi.
Konferensiya ishtirokchilarining xulosalari asosida ular tomonidan ishlab chiqiladigan yakuniy tavsiyalar respublikamizdagi Barqaror taraqqiyot maqsadlariga erishishda kasbiy ta’limning o‘rni, Ijtimoiy tenglik, iqtisodiy o‘sish va atrof-muhitga e’tibor berilgan holatda kasbiy ta’lim tizimi barqaror rivojlanishga xizmat qiladi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/ci5OF3RnSyw?si=H3uezjPPfU2Z7pTS" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, U.To‘xtayev,O‘zA