Yaponiya chet ellik sayyohlar uchun kirish qoidalarini kuchaytirmoqda. Asosiy o‘zgarishlar qatorida majburiy tibbiy sug‘urta, soliq imtiyozlari va qarzlarni nazorat qilishni kuchaytirish bor. U sog‘liqni saqlash muassasalariga moliyaviy yukni kamaytirishga qaratilgan.

Suriya mamlakatning shimoli-g‘arb qismida avtomobil va mototsiklga dron zarbalari oqibatida 2 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi. Idlib mintaqasidagi 2 ta dron hujumi uchun javobgarlikni hech kim bo‘yniga olmagan. Ammo Suriyadagi AQSH boshchiligidagi koalitsiya o‘tmishda bu hududdagi terrorchilarga zarbalar bergan.

Indoneziya Turkiyaning mahalliy ishlab chiqilgan KAAN beshinchi avlod qiruvchisi uchun ilk xorijiy xaridor bo‘lishi mumkin. Jurnalist Xoqon Chelikning aytishicha, Anqara va Jakarta 48 ta samolyot bo‘yicha qiymati 10 milliard dollarlik bitimga juda yaqin turibdi. 

Agar mazkur da’vo tasdig‘ini topsa, turklarning mahalliy dasturi istiqbolli loyihaga aylanadi. Qolaversa, ikki davlat o‘rtasidagi harbiy hamkorlik aloqalari vektori Kaplan tanklari, Bayraktar dronlaridan tortib qiruvchi samolyotlarga qadar kengayib, strategik ahamiyat kasb etadi. 

BMTning yangi demografik hisobotiga ko‘ra, Hindiston aholisi 2025 yilda 1,46 milliardga yetgan. Bu dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkichligi aytilgan. Shuningdek, mamlakatning umumiy tug‘ilish darajasi pasaygani ham qo‘shimcha qilingan. BMTning 2025 yilga mo‘ljallangan Jahon aholisi holati (SOWP) hisobotida millionlab odamlar farzandli bo‘lish maqsadi borasida qat’iy fikrga ega emasligi ta’kidlangan.

Suriya ayollar uchun plyajda konservativ yangi kiyinish tartibini e’lon qildi. Unga ko‘ra, ayollar barcha jamoat plyajlarida burkinida (tanani butunlay yopadigan suzish kiyimi) yurishlari shart. Bu 2024 yilning dekabr oyida islomiy isyonchilar Bashar Asad rejimini ag‘darganidan beri so‘nggi madaniy o‘zgarish hisoblanmoqda. Turizm vazirligi yangi tartib “jamoatchilik manfaatlari talablari” asosida ishlab chiqilganini ma’lum qilgan.

O‘zbekiston TIV Moskvadagi reydda kuch ishlatar tuzilmalarning migrantlarga nisbatan harakatlari yuzasidan Rossiyaga nota yuborgandi. Rossiya TIV axborot xizmati rahbari Mariya Zaxarova ushbu notadagi ma’lumotlar diqqat bilan o‘rganilayotganini ma’lum qildi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/8ZL90UnMUDM" title="Hindiston aholisi 1,46 milliardga yetdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Iroda Jo‘rayeva, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro dayjest (+video)