IV Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida yurtimizda bo‘lib turgan Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) axborot agentliklari ittifoqi (UNA-OIC) Xalqaro aloqalar va kommunikatsiyalar bo‘yicha direktori Ashraf Hidriy O‘zbekiston Milliy axborot agentligida bo‘ldi.

O‘zA rahbariyati bilan uchrashuvda mehmon UNA-OIC haqida qisqacha ma’lumot berdi.

Suhbat davomida o‘zaro axborot almashish va boshqa muhim yo‘nalishlardagi mavjud sheriklikni bugungi kun talabidan kelib chiqib mustahkam zarurligi qayd etildi.

Ma’lumki, O‘zbekiston dunyodagi eng yirik xalqaro tuzilmalardan biri sifatida 57 davlatni birlashtirgan IHTga a’zo bo‘lgandan buyon tashkilot bilan savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi sheriklikni izchil rivojlantirib kelmoqda.

O‘zA rahbari Abdusaid Ko‘chimov, jumladan, IHT doirasida ommaviy axborot vositalari hamkorligi mohiyatan xalqlarimizning bir-biriga yanada yaqinlashtirishini ta’kidlab, umumiy din, an’ana va madaniyatimiz, boy merosimiz asrab-avaylanishi, qadrlanishi uchun eng yaxshi vosita ekaniga e’tibor qaratdi.

Bugungi tez o‘zgaruvchan, murakkab bir davrda xolis va ishonchli axborot muhitini shakllantirish alohida ahamiyat kasb etishi, raqamli makonni tartibga solish, feykka qarshi kurashish, mas’uliyatli jurnalistika standartini ilgari surish, shuningdek kiber xavfsizlik yo‘nalishida birgalikda qadam tashlash zarurligi ma’qullandi.

O‘zA bilan UNA-OIC hamkorligining bugungi darajasi tahlil etilib, aloqalar ko‘lamini yanada kengaytirish istiqboli muhokama qilindi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
UNA-OIC bilan hamkorlik masalasi muhokama qilindi