“Mening biznesim” va “Mening buyurtmam” innovatsion loyihalarining taqdimot tadbirida qayd etildiki, “Biznesni rivojlantirish banki” ATB yurtimizdagi yetakchi moliya muassasalaridan biri sifatida zamonaviy xizmatlarni joriy qilish orqali mijozlar ishonchini qozonishga va moliya bozorida mustahkam o‘rin egallashga intilmoqda.

Xususan, chakana biznes modelini rivojlantirish va daromadlilik ko‘rsatkichlarini oshirishga doir bankning asosiy strategik maqsadlari doirasida keng jamoatchilikka taqdim qilingan “Mening biznesim” va “Mening buyurtmam” innovatsion yechimlari mazkur maqsadga erishishda dadil qadam bo‘lmoqda.

Tadbirda ishtirokchilarga loyihalarning ahamiyati va afzalliklari haqida batafsil ma’lumot berildi.

“Mening biznesim” – bu o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash uchun yaratilgan noyob raqamli platformadir.

“Mening buyurtmam” – bu mijozlar va o‘zini o‘zi band qilgan xizmat ko‘rsatuvchilar o‘rtasidagi qulay raqamli vositachidir.

Bu ilovada kasblar va sohalar bo‘yicha xizmatlar katalogi mavjud va undan 24/7 rejimida foydalanish mumkin. Shuningdek, xizmatlar uchun buyurtma berish, geolokatsiya asosida eng yaqin xizmat ko‘rsatuvchini topish imkoniyatlari mavjud.

Taqdimot tadbirida mobil ilovalarni aholi orasida ommalashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi. 

Bank axborot xizmati

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Biznesni rivojlantirish banki Chilonzor tumanida taqdimot tadbiri o‘tkazdi