Yurtimizda yashillik olamini asrash, dov-daraxtlarni ko‘paytirish, parvarish qilish bo‘yicha keyingi 5 yil ichida katta hajmdagi ishlar amalga oshirildi. Endigi maqsad ularni ko‘paytirish barobarida saqlab qolish, to‘g‘ri parvarish qilish, kasallik va zararkunandalardan asrashdir.
Masalan, terak bargxo‘ri Rossiyaning Yevropa qismida, Qrim, Kavkaz, Qozog‘iston, O‘zbekistonda keng tarqalgan. Qo‘ng‘izlar yerda qishlab chiqadi. Urug‘langan urg‘ochi hasharot barglarning ostki tomoniga tuxum qo‘yadi. Tabiatda ular erta bahorda, mart va aprel oylarida paydo bo‘ladi. Qo‘ng‘izlar va uning lichinkalari barg bilan oziqlanadi va katta-katta maydonlarda terakzorlar bargini yeb bitiradi. Bundan tashqari terak kuyasi ham keng tarqalgan bo‘lib, yashillik olamiga katta ziyon yetkazadi. Ko‘rinib turibdiki o‘z vaqtida chora-tadbirlar olib borilmasa, ushbu hasharotlar katta maydonlarni egallashi mumkin.
Bu borada mamlakatimizdagi qator ilmiy-tadqiqot institutlari olimlari xorijlik hamkasblari bilan izlanishlar, tahlillar olib bormoqda. Shunday bo‘lsada ushbu hasharotlar tufayli yashillik olamiga jiddiy keltirayotgani haqidagi xabarlar tarqalmoqda. Ushbu ma’lumotlar qanchalik asosli ekanligini bilish maqsadida O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti Manzarali va o‘rmon daraxtlarining zararli organizmlarga qarshi kurashish laboratoriyasi ilmiy xodimi Mansur Mo‘minov bilan suhbatlashdik.
- Terak zararkunandalariga qarshi sizning laboratoriyangiz tomonidan qanday ishlar olib borilmoqda?
- Bugungi kunda respublikamizda terakning bir necha turi yetishtirilib, parvarish qilinadi. Ularda so‘nggi yillarda barglari qurib qolish holatlari, jigarrang tusga kirishi ko‘plab kuzatilyapti. Buning sababi xalq tilida aytganda terak qurti. Teraklarga katta zarar yetkazadigan ikkita xavfli zararkunandasi bor. Bulardan biri terak bargxo‘ri, ikkinchisi terak kuyasi.
Institutimiz laboratoriyasi tomonidan aynan manzarali va o‘rmon daraxtlarining zararkunandalarini o‘rganish, ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish va tavsiyalarni yaratish bilan shug‘ullanib kelmoqdamiz. Bu borada 2023-2024 yil davomida aynan terak zararkunandalariga qarshi kurash bo‘yicha uyg‘unlashgan himoya tizimi va bir qancha nashrlar tayyorlandi. Bundan tashqari 2024 yilda laboratoriyamiz ilmiy xodimlari ko‘p marta viloyatlarga chiqib o‘rganishlar olib bordi va shu asosda tavsiyanoma sifatida qo‘llanma yaratildi. (davomi videoda)
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/fVqj74uyDbo" title="Terak zararkunandalariga qarshi samarali usul bormi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Sanjar Toshpo‘latov, Abror Sodiqov, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA