O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10 iyun kuni to‘rtinchi Toshkent investitsiya forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining o‘rinbosari Aleksandr Novakni qabul qildi.

Uchrashuv avvalida Aleksandr Novak davlatimiz rahbariga Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi hamda forum muvaffaqiyatli o‘tayotgani bilan tabrikladi.

O‘tgan yil may oyida O‘zbekistonga davlat tashrifi va oliy darajadagi boshqa muloqotlar davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Energetika sohasidagi o‘zaro manfaatli sheriklikni kengaytirish, neft-gaz tarmog‘idagi qo‘shma loyihalarni jadallashtirish, tinch atom sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Prezidenti Rossiya bilan energetika sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish muhimligini qayd etdi