IV Toshkent xalqaro investitsiya forumi yetakchi xalqaro investorlar, hukumat a’zolari, moliya institutlari va biznes doiralari vakillarini bir joyga to‘pladi.

Bu yilgi forum juda keng ko‘lamda o‘tkazilmoqda: xalqaro hamjamiyat e’tiboriga energetika, infratuzilma, qishloq xo‘jaligi, foydali qazilmalarni qazib olish, raqamli texnologiyalar va boshqa strategik muhim sohalarga oid umumiy qiymati o‘ttiz milliard dollardan ortiq bo‘lgan investitsion loyihalar taqdim etilmoqda.

Forum xalqaro iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash uchun samarali platforma hisoblanadi. Bu yilgi forumda qator davlatlardan vakillar hamda yirik moliya institutlari rahbarlari ishtirok etmoqda.

Joriy yil forum 8 mingdan ziyod ishtirokchini, jumladan, dunyoning 100 ga yaqin mamlakatidan 3 mingga yaqin xorijiy mehmonni o‘z bag‘riga oldi.

Forumning asosiy voqealaridan biri – O‘zbekistonning sanoat va investitsiya salohiyatini namoyish etuvchi birinchi Milliy ko‘rgazma bo‘ldi.  

Mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Slovakiya Bosh vaziri Robert Fitso “Central Asian Expo Uzbekistan” majmuasida tashkil etilgan mazkur ko‘rgazmaga tashrif buyurdi.

Oliy martabali mehmonga korxonalar faoliyati xususida ma’lumot berildi, mahsulotlarning sifati ko‘zdan kechirildi, ishlab chiqaruvchilar bilan suhbatlashildi.

Qayd etish kerak, mazkur majmuada neft-kimyo, mashinasozlik, qurilish sanoati va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash kabi 10 dan ziyod tez rivojlanayotgan sohalar bo‘yicha 90 ta kompaniya o‘z mahsulotlarini taqdim etmoqda.  

[gallery-23834]

Slovakiya Bosh vaziri sanoat korxonalari o‘rtasida kooperatsiyani rivojlantirish, tadbirkorlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorligini yo‘lga qo‘yish, qator loyihalarni amalga oshirish muhimligini qayd etdi.

Behruz XUDOYBERDIEV,

Nosirjon HAYDAROV (surat),

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Slovakiya Bosh vaziri Toshkent xalqaro investitsiya forumi ekspozitsiyasida