O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Slovakiya Respublikasi Bosh vaziri Robert Fitso rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turibdi.

Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Odiljon Mamatkarimov mazkur tashrif haqida o‘z fikrlarini bildirdi:  

– O‘tgan yillar davomida O‘zbekiston va Slovakiya o‘rtasidagi aloqalar siyosiy, iqtisodiy va madaniy yo‘nalishlarda izchil rivojlanib kelmoqda. Ikki davlat o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 30 yildan oshdi. 2025 yil 9 iyun kuni bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi muzokaralar bu hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqdi, desak bo‘ladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Slovakiya Respublikasi Bosh vaziri Robert Fitsoning Ko‘ksaroy qarorgohidagi uchrashuvi doirasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va sanoat sohalaridagi hamkorlikni chuqurlashtirishga doir keng qamrovli kelishuvlarga erishildi. Jumladan, ikki tomon to‘qimachilik, elektrotexnika, kimyo va farmatsevtika mahsulotlari, avtomobil qismlari va polimerlar kabi mahsulotlar bilan o‘zaro savdoni kengaytirishga kelishib oldi.

Yana bir muhim qadam sifatida Slovakiyaning yetakchi kompaniyalari bilan sanoat kooperatsiyasi yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilayotganini ta’kidlab o‘tish joiz. Bu, jumladan, avtomobilsozlikdagi mahalliylashtirish, «yashil» energetika, turizm va agrosanoat majmualarini qamrab oladi. Bunday tashabbuslar ikki tomonlama aloqalarni nafaqat chuqurlashtiradi, balki O‘zbekiston sanoatini innovatsion yo‘nalishga yo‘naltirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. 

Davlat rahbarlari uchrashuvi davomida texnik tartibga solish, metrologiya, startap investitsiyalari va IT-venchur fondlari yo‘nalishidagi hamkorlik ham muhokama qilinib, aniq rejalar ishlab chiqildi. Qo‘shma loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun moliyaviy vositalarni ishga solish taklifi qo‘llab-quvvatlandi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekiston tashqi siyosatda amaliy va ochiq hamkorlik tamoyillariga tayanadigan muvozanatli yo‘lni tanladi. Bu yondashuv, ayniqsa, strategik sheriklar bilan munosabatlarni mustahkamlash va iqtisodiy manfaatlarni oshkor qilishda o‘zining samaradorligini ko‘rsatmoqda.

Shubhasiz, bugungi global muhitda ishonchli hamkorlar bilan iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash O‘zbekistonning ochiq va barqaror rivojlanishga asoslangan tashqi siyosatining muhim tarkibiy qismidir. Slovakiya bilan shakllanayotgan bu sheriklik esa ikki mamlakat xalqiga real manfaat olib keluvchi natijalarga xizmat qiladi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/5491ijwsMeM" title="O‘zbekiston va Slovakiya: oliy darajadagi muzokaralar  hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

N.Abduraimova, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Slovakiya: oliy darajadagi muzokaralar hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqdi (+video)