So‘z – ekspertlarga

So‘nggi yillarda diyorimiz jahon hamjamiyati ko‘z o‘ngida ochiq, qulay investitsiya muhitiga ega, iqtisodiy islohotlar yo‘lida dadil odimlayotgan davlat sifatida namoyon bo‘lmoqda. Mazkur jarayonning yaqqol ifodasi sifatida an’anaviy Toshkent xalqaro investitsiya forumining nufuzi tobora ortmoqda.

Bu galgi anjuman nafaqat iqtisodiy salohiyatimizni namoyon etish, balki xalqaro sarmoyadorlar bilan hamkorlikni mustahkamlash, strategik loyihalarni muhokama qilish, yangi sarmoyaviy yo‘nalishlarni belgilash uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.

Tadbirda jami 8 000 delegat, jumladan 100 ga yaqin davlatdan 3 000 ga yaqin xorijiy mehmon ishtiroki kutilyapti.

O‘zA muxbiri mazkur muhim voqea oldidan xorijiy ekspertlar fikrini yozib oldi.

Igor Shestakov, Qirg‘iz Respublikasidagi “Oy Ordo” ekspertlar tashabbusi markazi rahbari:

– Toshkent xalqaro investitsiya forumi Markaziy Osiyo mintaqasiga yirik xorijiy investitsiya va zamonaviy texnologiya jalb qilish uchun yangi maydon sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Avvalgi forumlar ko‘rsatdiki, asosiy maqsad mintaqamizga O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlarining jadal rivojlanayotgan bozoriga integratsiyalashuvdan manfaatdor yirik xorijiy investitsiyaviy, moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlar va kompaniyalar rahbarlarini jalb qilishdir.

Forum doirasida iqtisodiyotning neft-kimyo, elektronika, mashinasozlik, yengil sanoat, qishloq xo‘jaligi sohalarida eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish bilan bog‘liq strategik yo‘nalishlarni rivojlantirish istiqboli muhokama qilinadi.

Avvalgi yillar ham, avvalo, O‘zbekiston misolida mintaqamiz sanoatining yuksak salohiyatini namoyish etgan. Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida olib borilayotgan izchil iqtisodiy o‘zgarishlar yirik xorijiy investorlarda katta ishonch uyg‘otmoqda. Toshkent forumlari yetakchi xalqaro kompaniyalarning o‘zaro manfaatli loyihalarga sarmoya kiritishdan manfaatdorligini namoyish etdi.

O‘ylaymanki, bu galgi forum ham Markaziy Osiyo mamlakatlari va Yevropa Ittifoqining 2025 yil bo‘lib o‘tgan sammitlari doirasida erishilgan kelishuvlarning amaliy davomi bo‘ladi. O‘zbekiston iqtisodiy o‘sish va sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirish bo‘yicha yetakchi o‘rinni egallab kelayotgan MDH doirasida qo‘shma investitsiya loyihalari amalga oshirishini ham kutish mumkin.

Forum O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash, iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha integratsiyani yanada kuchaytirish borasidagi samarali siyosatini ham namoyish etadi. Shubhasiz, so‘nggi yillarda aynan O‘zbekiston mintaqaviy integratsiya jarayoni yetakchisiga aylandi.

Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash miqdori muttasil o‘sib borayotgani ham shundan dalolat. O‘tgan yil ushbu ko‘rsatkich 846,4 dollarni tashkil etdi. Qo‘shma Taraqqiyot jamg‘armasi hamkorlikni rivojlantirishda muhim ko‘makchi hisoblanadi.

O‘ylaymanki, Toshkent forumi mintaqamiz uchun muhim yangi infratuzilmaviy loyihalarni ilgari surishga ko‘maklashadi.

Amina Xon, Pokiston Strategik tadqiqotlar instituti (ISSI) huzuridagi Afg‘oniston, Yaqin Sharq va Afrika (CAMEA) markazi direktori:

– O‘zbekistonning eng muhim xalqaro iqtisodiy forumi yurtingizni Markaziy Osiyodagi dinamik sarmoyaviy yo‘nalish sifatidagi mavqeini oshirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Bu mamlakatda olib borilayotgan keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlar va uning iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va jahon bozorlariga chuqurroq integratsiyalashuvga qaratilgan sa’y-harakatlarga mos keladi. Forum mintaqaviy hamkorlikni muhokama qilish uchun maydon vazifasini ham o‘taydi. 

Anjuman nafaqat sarmoyaga, balki mintaqaviy integratsiyaga ham e’tibor qaratish uchun global sarmoyadorlar, siyosatchilar, sanoat rahbarlari va rivojlanish bo‘yicha ekspertlar kabi mutaxassislarni jalb qilish uchun keng asosli va xilma-xildir. 

U nafaqat O‘zbekistondagi sarmoyaviy imkoniyatlarni namoyish etish, balki mamlakatning ochiqlik, shaffoflik va barqaror iqtisodiy rivojlanishga sodiqligini ta’kidlash uchun mo‘ljallangan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligidagi islohotlar dasturiga muvofiq tashkil etilgan mazkur forumda xom ashyoga bog‘liqlikni kamaytirish, sanoatni modernizatsiya qilish, innovatsiyani rag‘batlantirish, iqtisodiyotni boshqarishda qonun ustuvorligini mustahkamlash kabi keng maqsadlar ifodasini topgan. Taqdim etilgan asosiy tarmoqlarga energetika, qishloq xo‘jaligi, infratuzilma, raqamli texnologiyalar, “yashil” iqtisodiyot va turizm kiradi. 

O‘zbekiston o‘zining modernizatsiya yo‘lida davom etar ekan, iqtisodiy forum taraqqiyotning ham ko‘zgusi, ham harakatlantiruvchisi sifatida amalga oshirilgan islohotlarni aks ettiradi va jarayonni tezlashtiradi.

Xalqaro ishtirokchilar soni ortib borayotgani va sezilarli natijalari bilan forum O‘zbekistonning jahon miqyosidagi imijini yuksaltirishga yordam beradi: dengizga chiqish imkoni yo‘q davlatdan Markaziy Osiyodagi quruqlik bilan bog‘langan imkoniyatlar markazigacha.

Chjan Xe, Xitoyning “China Global Television Network” – CGTN davlat teleradiokompaniyasi ijrochi prodyuseri:

– IV Toshkent xalqaro investitsiya forumi O‘zbekistonning investitsiya muhitini yanada takomillashtirish va global sarmoya oqimini mamlakat iqtisodiyotiga jalb qilishda muhim bosqich bo‘ladi, deb o‘ylayman. 

Bilamizki, so‘nggi yillarda mamlakatingizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar – soliq tizimi soddalashtirilishi, xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash va tashqi savdo rejimi erkinlashuvi investorlar uchun yanada qulay sharoit yaratdi. Bu jarayon barqaror davom etishi, xorijiy sarmoyadorlar ishonchi mustahkamlanishida hal qiluvchi omildir.

O‘lkangizda sanoat, “yashil” energetika, qishloq xo‘jaligi, axborot texnologiyalari va turizm kabi sohalarda ulkan salohiyat mavjud. Forum davomida aynan shu tarmoqlarga bag‘ishlangan sessiyalar orqali yangi loyihalar taqdim etilishi kutilyapti. Bu investitsiyani diversifikatsiya qilish va yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirishga xizmat qiladi.

Ma’lumki, O‘zbekiston Markaziy Osiyo mamlakatlari hamkorligi, shuningdek Xitoyning “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi va SHHT doirasidagi boshqa dolzarb tashabbuslarning muhim ishtirokchisidir. Ushbu platformalar “yashil” hamkorlik bo‘yicha muloqot uchun muhim imkoniyat taqdim etadi.

Ta’kidlash lozim, “yashil” energetika Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning asosiy yo‘nalishiga aylandi. Yaqinda bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo ekspeditsiyasi” media-turida ikki davlat o‘rtasida “yashil” hamkorlik muvaffaqiyatli amalga oshirilayotganini kuzatdim.

Buxoro viloyatidagi shamol elektr stansiyasi Markaziy Osiyodagi eng yirik shunday inshoot bo‘lib, tijoriy faoliyatni boshladi. O‘zbekiston milliy tarmog‘iga to‘liq integratsiyalashgan loyiha yiliga uch teravatt-soat toza energiya ishlab chiqarishi kutilyapti. Buning natijasida CO2 chiqindichsi 1,6 million tonna kamayadi. Hukumat 2030 yilga borib umumiy energiya iste’molida qayta tiklanadigan manbalar ulushini 50 foizga yetkazish maqsadini e’lon qilgan.

O‘zbekistonning yashil o‘sish strategiyasida elektromobillarni rag‘batlantirish ham nazarda tutilgan. Jizzax viloyatidagi BYD zavodining elektromobil ishlab chiqarish bo‘yicha dastlabki yillik quvvati 50 ming dona. Hukumat taqdim etgan turli imtiyozlar tufayli respublikada elektromobil savdosi ko‘rsatkichi keskin ko‘tarildi va mamlakat ayni yo‘nalish bo‘yicha Markaziy Osiyo peshqadamiga aylandi.

Umuman, O‘zbekistonning iqtisodiy islohotlariga baho beradigan maydon – IV Toshkent xalqaro investitsiya forumi yangi hamkorlar, loyiha va strategik yo‘nalishlar uchun sezilarli turtki beradi.

Mazkur nufuzli forumni CNN, BBC, “Euronews”, “Reuters”, “Al Jazeera”, CGTN kabi dunyoning yetakchi OAV 130 dan ziyod vakili bevosita yoritib boradi.

O‘tkir Alimov tayyorladi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Milliy iqtisodiyot uchun global minbar