O‘zbekiston Milliy axborot agentligi – O‘zA, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Farg‘ona viloyat bo‘limi va «Farg‘ona haqiqati» – «Ferganskaya pravda» gazetalari tahririyati tomonidan Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi ko‘magida 2025 yil 15-22 avgust kunlari Toshkent Fotosuratlar uyida «O‘zbekiston – Xitoy: SHHT doirasida hamkorlik» mavzusida fotoko‘rgazma va tanlov o‘tkaziladi.
O‘zbekistonning barcha fotojurnalistlari ishtirok etishga taklif qilinadi.
Fotoko‘rgazma va tanlovda ishtirok etish uchun 2025 yil 1 avgustgacha iqtisodiy va madaniy sohalardagi o‘zbek-xitoy hamkorligi samaralarini aks ettiruvchi kamida 5 ta elektron fotosurat taqdim etilishi lozim.
Hay’at tanlab olgan fotosuratlar 15-22 avgust kunlari Toshkent Fotosuratlar uyi ko‘rgazma zalida namoyish etiladi.
G‘oliblarni taqdirlash marosimi 15 avgust kuni, fotoko‘rgazma ochilishida bo‘lib o‘tadi.
G‘oliblar diplom va sovg‘alar bilan taqdirlanadi. 1-o‘rin uchun 1 nafar, 2-o‘rin uchun 2 nafar hamda 3-o‘rin uchun 5 nafar ishtirokchi saralanadi.
Fotosuratlar va muallif haqidagi ma’lumotnomani quyidagi Telegram raqamiga yuboring: +998 88 005-19-51
Tashkiliy qo‘mita
Tel: +998 94-390-19-51