Vatanimiz tarixidagi 10 iyun sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.

1347 yil (bundan 678 yil oldin) – islom olamida “Sharq olimi”, “Ummat olimi”, “Imomlar quyoshi” kabi nomlar bilan mashhur bo‘lgan Sa’duddin Taftazoniy yigirma besh yoshida o‘zining “Sharxi mulaxxas al-miftax” kitobini yozib tugatdi. Ma’lumot o‘rnida qayd etish joizki, Sa’duddin Taftazoniy nafaqat islom ilmlari, balki o‘zining geometriya, matematika, falsafa, mantiq, adabiyot kabi aniq va gumanitar fanlarga oid ko‘plab qomusiy asarlari bilan ham jahon ilm-faniga katta hissa qo‘shgan olim sifatida e’tirof etiladi. 

1874 yil (bundan 151 yil oldin) – xazinaga tushadigan daromad keskin kamayib ketgani tufayli Qo‘qon xoni Xudoyorxon qo‘shimcha soliq turlarini joriy qildi. Unga ko‘ra, chorva bozorlarida sotilayotgan qoramol va ot uchun bir tanga, tuya uchun ikki tanga, qo‘y uchun yarim tanga, avvallari foydalanish tekin bo‘lgan qamish yoki shox-shabbaning bir aravasidan shahar darvozasi oldida yarim tanga, bozordagi bir o‘rin uchun bir tangadan soliq olingan. 

Shuningdek, Qo‘qon shahriga keltirilayotgan mahsulotlarning o‘ndan bir qismi miqdorida, tovar sotilayotganda 5 foiz miqdorida soliq olingan. Xususan, ipak va paxtaning tuyasidan 10 tanga, chakana buyumlarnnng qiymati va turiga qarab – oyoq kiyimlarning bir jufti uchun 2 tiyindan 10 tiyingacha, bir chorak don sotilayotganda 2 tiyin, bir arava meva va poliz mahsulotlaridan 1-3 tanga, sut va yog‘ning bir kosasidan 1 tiyin, yovvoyi o‘rdak, g‘ozning ikkitasidan biri, uy parrandasining har biridan 1 tiyin, tuxumning 100 tasidan 1 tanga miqdorida soliq olingan.

1878 yil (bundan 147 yil oldin) – Toshkent shahrida qishloq xo‘jaligi va sanoat ko‘rgazmasi ochildi. Mazkur ko‘rgazma o‘n kun davom etdi. Uni o‘tkazish uchun 1877 yil avgustda Qishloq xo‘jaligi va sanoat ko‘rgazmasini tashkil etish komissiyasi tuzilgan edi. Ko‘rgazmani doimiy tashkil etib borish uchun mablag‘ yetarli bo‘lmagani sabab ushbu komissiya 1879 yili tarqatib yuborilgan. Komisiyaning hujjatlari O‘zbekiston Milliy arxivining I-575-jamg‘armasida saqlanadi. Jamg‘armada komissiya majlislari bayonnomalari, komissiyaning Turkiston general-gubernatoriga yuborgan hisobotlari, ko‘rgazma bo‘linmalarining ta’rifi, ko‘rgazmaga doir moliyaviy ma’lumotlar mavjud. 

1900 yil (bundan 125 yil oldin) – Turkiston o‘lkasining Samarqand, Farg‘ona va Sirdaryo viloyatlaridagi o‘troq aholi adirli va ishlov berilmaydigan yerlar uchun ham soliq to‘lashi shartligi belgilandi. 

1920 yil (bundan 105 yil oldin) – o‘zbek nasrining peshqadam vakillaridan biri, O‘zbekiston Qahramoni Said Ahmad Husanxo‘jayev tavallud topdi (vafoti 2007 yil). Adib “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” (1968), Davlat mukofoti laureati (1977), “O‘zbekiston xalq yozuvchisi” (1980) unvoni, “Shuhrat” (1994) medali, “Do‘stlik” (1995) va “Buyuk xizmatlari uchun” (1997) ordenlari sohibi bo‘lgan.

1922 yil (bundan 103 yil oldin) – Turkiston respublikasi hukumati bosma nashrlarning majburiy nusxasi haqida qaror qabul qildi. Qarorga ko‘ra muayyan bosma nashrlar (kitoblar, broshyuralar, gazetalar va shu kabilarni) chop etuvchi barcha tashkilotlar, nashriyotlar va jismoniy shaxslarga, nashrlarning chop etish usuli va tilidan qat’i nazar, davriy va nodavriy nashrlarni belgilangan nusxalarda Turkiston Xalq kutubxonasi (hozirgi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi)ga taqdim etish majburiyati yuklandi.

1956 yil (bundan 69 yil oldin) – Toshkentdagi “Spartak” stadionida to‘qqizinchi Butuno‘zbek spartakiadasi tantanali suratda ochildi. Respublikaning barcha viloyatlari va Toshkent shahrining 1800 nafarga yaqin eng kuchli sportchilari sportning 15 turi buyicha musobaqalashdilar.

1999 yil (bundan 26 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish bo‘yicha takliflarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

2016 yil (bundan 9 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “«O‘zbekiston bunyodkori» nashriyot uyini tashkil qilish va «O‘zbekiston bunyodkori» gazetasini ta’sis etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2017 yil (bundan 8 yil oldin) – Toshkent shahrida Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Toshkent Markaziy eko bog‘i ochildi. Hududi 12 ga bo‘lgan ushbu bog‘ Salor daryosining Mustaqillik va Mahtumquli ko‘chalari orasidagi o‘ng sohilida joylashgan. Faoliyatining maqsadi – aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish. Bog‘dagi barcha inshoot va boshqa jihozlar bionik usulda, o‘tkir burchaklarsiz, ekologik zararli materiallardan foydalanmasdan barpo etilgan. 

2023 yil (bundan 2 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

2024 yil (bundan 1 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

Alisher EGAMBERDIEV tayyorladi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bir kosa sutdan ham soliq olgan xonni bilasizmi?