9 iyun kuni Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing o‘tkazdi.

–Bu hafta mamlakatimiz tashqi siyosiy va iqtisodiy hayotida muhim voqealar juda ko‘p.  Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Slovakiya Respublikasi Bosh vaziri Robert Fitso bilan muzokaralar o‘tkazdi. O‘zbekiston bilan Slovakiya o‘rtasidagi munosabatlar strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi. Ertaga davlatimiz rahbari Bolgariya Respublikasi Prezidenti Rumen Radev bilan muzokaralar o‘tkazadi.  Bugun Toshkent xalqaro investitsiya forumi o‘z ishini boshlaydi. Unda 8 ming nafar delegat, shu jumladan, 100 ga yaqin davlatdan 3 mingga yaqin xorijiy mehmon ishtirok etishi kutilmoqda, – dedi Sherzod Asadov.

Jumladan, Bolgariya Prezidenti Rumen Radev, Slovakiya Bosh vaziri Robert Fitso, Qozog‘iston Bosh vaziri Oljas Bektenov, Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi – Prezident Administratsiyasi rahbari Adilbek Kasimaliyev, Tojikiston Bosh vaziri Qohir Rasulzoda, Ozarbayjon Bosh vaziri Ali Asadov, Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisi o‘rinbosari Nokerguli Ataguliyev, shuningdek, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti amaldagi raisi, Finlyandiya tashqi ishlar vaziri Elina Valtonen, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso, BRIKS Yangi taraqqiyot banki prezidenti Dilma Rusef va boshqalar qatnashadi.

– forumda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, nutq so‘zlaydi. Davlatimiz rahbari global xavfsizlik chaqiriqlari jahon iqtisodiyotiga o‘tkazayotgan ta’siri tendensiyalarini hisobga olib, hamkorlikning asosiy tamoyillari hamda O‘zbekistonning savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy dasturining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z fikrlarini bildiradi.  

– forum doirasida birinchi marta Milliy ko‘rgazma bo‘lib o‘tadi.

– 11 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining 3-yalpi majlisi bo‘lib o‘tadi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent xalqaro investitsiya forumida 8 ming nafar delegat ishtirok etishi kutilmoqda