Munosabat

9 iyun kuni Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Slovakiya Respublikasi Bosh vaziri Robert Fitsoning muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar yakunida ikki mamlakat yetakchilari Strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani imzoladilar. Shuningdek, ular huzurida ikki tomonlama hujjatlar almashildi.

Ushbu tadbirlardan so‘ng bir qator vazirlarning bu boradagi fikrlari bilan qiziqdik.

Ibrohim ABDURAHMONOV, O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri: 

– Slovakiya Respublikasi iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi muhim o‘rin tutadi. Agrar tarmog‘i yuqori darajada mexanizatsiyalashgan, zamonaviy agrotexnika usullari keng qo‘llaniladi. Ekologik barqarorlikka intiladi. Organik qishloq xo‘jaligi rivojlanmoqda. Bu, o‘z navbatida, ishlab chiqarilgan mahsulot sifati va eksport salohiyatini oshiradi. 

Slovakiya bilan agrosanoat yo‘nalishida aloqalarni yo‘lga qo‘ymoqchimiz. Asosan, shu sohaga innovatsiyalarni kiritish maqsadidamiz. Bioo‘g‘itni ishlab chiqarish bo‘yicha katta kelishuvga erishdik. Shuningdek, agrologistika markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yamiz. Meva-sabzavotlarimizni Yevropa bozorlariga olib chiqishda Slovakiya kompaniyalari bilan hamkorlik qilamiz. 

Bundan tashqari qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi universitetlar bilan aloqalarimizni yangi bosqichga ko‘taramiz. Umuman, Slovakiya Respublikasi Bosh vaziri Robert Fitsoning mamlakatimizga tashrifi doirasida bu sohadagi aloqalarimiz yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.

Sherzod SHERMATOV, O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri:

– Bugun yoshlarimizda Yevropa bozoriga axborot texnologiyalari bo‘yicha xizmatlarni eksport qilish imkoniyatlari kengayib bormoqda. Slovakiya Respublikasi Yevropaning bir bo‘lagi, shu hududdagi mamlakatlar bilan aloqalari chambarchas bog‘liq. Ular bilan hamkorlik qiladi. Bu davlatlarga nisbatan arzon, lekin sifatli IT xizmatlari zarur. O‘zbekistonda ana shunday imkoniyatlar bor. Yoshlarimiz zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha ilmli, bir necha chet tillarini biladi. Intellekti yuqori. Yevropaning yirik kompaniyalariga masofadan xizmat ko‘rsatish mumkin. Bu ishni taklif qilish o‘sha tadbirkorlik sub’ektlariga xarajatlarini kamaytirishga xizmat qiladi.

Bu boradagi hamkorligimiz Yevropa mamlakatlari uchun ham, O‘zbekiston uchun ham manfaatli bo‘ladi. Shuningdek, Slovakiya raqamli transformatsiyada faol ishtirok etadi. Aholi o‘rtasida raqamli savodxonlik darajasi yuqori. Davlat xizmatlari, ta’lim va biznes sohalarida axborot texnologiyalari keng qo‘llaniladi. Kelgusida bu boradagi hamkorlik aloqalari ham kengayishiga e’tibor qaratish muhim.

Qo‘ng‘irotboy SHARIPOV, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri:

– Slovakiya oliy ta’lim tizimi Yevropa standartlariga muvofiq tashkil etilgan. Mamlakatda bir qator yuqori reytingga ega universitetlar faoliyat olib boradi. Ta’lim tizimida ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalarga katta e’tibor qaratiladi. Ular bu borada xalqaro hamkorlikni ham yaxshi yo‘lga qo‘ygan. 

O‘zbekistonda ham keyingi yillarda kadrlar tayyorlash borasida xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari jadal kengaymoqda. Yevropa oliy ta’lim tizimi ham rang-barang hamda boy tarixga ega. Bugungi muloqotlar O‘zbekistonning bu yo‘nalishdagi aloqalari yangi bosqichga chiqishida navbatdagi muhim qadam bo‘ldi.

 Oliy darajadagi muzokaralarda gumanitar sohada ta’lim va akademik almashinuvni rivojlantirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekani qayd etildi. Qo‘shma tadqiqot dasturlarini Bratislavadagi Komenskiy universiteti ishtirokida ham yo‘lga qo‘yish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Darhaqiqat, qabul qilingan qaror va kelishuvlarni o‘z vaqtida, sifatli amalga oshirish maqsadida ikki mamlakat hukumatlari tomonidan keng qamrovli “yo‘l xaritasi” qabul qilinadi.

Ikrom AVVALBOEV, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Slovakiya: o‘zaro hamkorlik barcha yo‘nalishlarda jadal rivojlanib boradi