O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Slovakiya Respublikasi Bosh vaziri Robert Fitso rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turibdi.

Oliy martabali mehmon 9 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev hamrohligida “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi.

Majmua bilan qisqacha tanishuv asnosida Slovakiya delegatsiyasi vakillariga mazkur ansambl mazmuni va me’moriy yechimlari haqida ma’lumot berildi.

[gallery-23807]

“Yangi O‘zbekiston” bog‘i va Mustaqillik monumenti istiqlolimizning o‘ttiz yilligiga bag‘ishlab bunyod etilgan. Uch ming yildan ziyod davr – ona Vatanimiz hududidagi milliy davlatchilik tarixi ildizlari shu qadar teran. Monumentga e’tibor qaratgan kishi mana shu zalvorli o‘tmishning badiiy ifodasiga guvoh bo‘ladi.

Oliy martabali mehmonlar, rasmiy xorijiy delegatsiyalarning mamlakatimizga tashrifi doirasida bu yerdagi monumentga gul qo‘yish an’anaga aylangan. Delegatsiya a’zolari majmuada aks ettirilgan allomalar, buyuk sarkarda va jahongirlar, jadid bobolarimizning siymolariga alohida e’tibor qaratdi. Tinchlik, erkinlik, ezgulik timsoli bo‘lgan Humo qushi tasviri majmuaning bamisoli gultojiday ko‘rinishi e’tirof etildi.

Qayd etish kerak, tashrif dasturiga muvofiq, Toshkent shahrida oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi, O‘zbekiston – Slovakiya ko‘p qirrali hamkorligini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/YFZN5pQJilM?si=T4kJpgyOhK3a_dDp" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Behruz XUDOYBERDIEV,

Rustam NAZARMATOV (Foto),

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Slovakiya Bosh vaziri “Yangi O‘zbekiston” bog‘idagi Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi