Har bir hududning barqaror taraqqiyoti, avvalo, uning ekologik holati bilan chambarchas bog‘liq. Sirdaryo viloyatida ham tabiiy resurslarni muhofaza qilish, ifloslanishning oldini olish va aholi uchun sog‘lom muhit yaratish maqsadida 2025 yilning birinchi yarmida keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Bu jarayonlarda viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi faol ishtirok etmoqda. Mutaxassislar nafaqat nazoratni, balki jamoatchilikni xabardor qilish va ishlab chiqarish sohalarida ekologik talablarga amal qilishni ta’minlashni ustuvor vazifa sifatida belgilashgan.

Sanoat faoliyatida oqova suvlarni tozalash va ularning atrof-muhitga zararini kamaytirish maqsadida yirik korxonalarda zamonaviy tozalash infratuzilmalari yaratilyapti. Xususan, 9 ta ishlab chiqarish sub’ektida mahalliy tozalash inshootlari kapital ta’mirlanib, zamonaviy texnologiyalar bilan qayta jihozlandi. Bu orqali tabiatga chiqarilayotgan chiqindilar tarkibidagi zararli moddalarning miqdori ancha qisqartirildi.

Sirdaryo tumanida joylashgan “Reka-Med Farm” va “River-Med” korxonalarida mavjud infratuzilmalar tubdan qayta qurildi. Guliston shahridagi “Eco Stone” va “Wangda Metal” korxonalarida eskirgan uskunalar o‘rniga yangi, yuqori samaradorlikka ega tozalash texnologiyalari joriy etildi. Boyovut tumanidagi “Golden Osiyo Center CO” MCHJ tomonidan esa oqova suvlarni tabiiy usulda tozalash uchun ikki dona beton xandak qurilib foydalanishga topshirildi. Sayxunobod tumanidagi “Guliston Neft Bazasi”da tindirgich havzalar rekonstruksiya qilinib, biologik tozalash inshootining qurilishi boshlandi.

Shuningdek, “Sayxun-Gold-Oil” MCHJ, Shirin shahridagi “Sirdaryo Suv Ta’minoti” AJ filiali va “ACWA Power Sirdaryo” MCHJda ham tozalash tizimlari zamon talablariga muvofiq ravishda modernizatsiya qilindi. Ushbu ishlar faqatgina atrof-muhitni muhofaza qilish emas, balki aholi salomatligini ta’minlashga ham xizmat qilmoqda.

Ekologiya sohasidagi yana bir muhim yo‘nalish — bu yer resurslarini tiklash va ulardan barqaror foydalanish masalasidir. Qazib olish faoliyati oqibatida buzilgan yer maydonlarini qayta yashillashtirish, ya’ni rekultivatsiya qilish ishlari ham jadal sur’atlarda davom etmoqda. Joriy yilda umumiy 10,2 gektar maydonda tiklash ishlari amalga oshirildi. Bu ishlar “Bekobod sement” AJ, “Boyovut Farovonligi”, “Sirdaryo Sayqali”, “Moviy Marjon Fazosi” va boshqa xususiy korxonalar tomonidan bajarildi. Shuningdek, Davlat geologiya qo‘mitasi ham 5 gektar maydonda rekultivatsiya ishlarini amalga oshirdi.

– Yil oxirigacha 5 ta yangi tozalash inshootini qurish, mavjudlarini modernizatsiya qilish, chiqindi suvlarning tabiatga chiqishining oldini olish hamda rekultivatsiya ishlarini kengaytirish rejalashtirilgan. Bu ishlar orqali biz nafaqat tabiatni asraymiz, balki kelajak avlod uchun sog‘lom va toza muhit yaratish yo‘lida muhim qadam qo‘yyapmiz, – deydi viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Shuhrat No‘’monov.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu kabi tizimli islohotlar ekotizim barqarorligini ta’minlash, aholi salomatligini muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlaydigan uzoq muddatli strategiyaning ajralmas qismi hisoblanadi. Tabiatni asrash faqatgina davlat siyosati emas, balki har bir insonning shaxsiy mas’uliyati sifatida ham qabul qilinishi lozim.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oqova suvlar — muammo emas, yechimga aylanmoqda