«Yangi O‘zbekiston» va «Pravda Vostoka» gazetalari tahririyati» DM bosh muharriri Salim Doniyorov 1970 yil 8 iyunda Samarqand viloyati Payariq tumanida tug‘ilgan.
1992 yilda Moskva davlat pedagogika universitetini, 2011 yilda Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabini tamomlagan.
Jurnalistik faoliyatini 2001 yilda «Xalq so‘zi» va «Narodnoye slovo» gazetalari tahririyatida boshlagan. Tahririyatda yetakchi koordinator, bosh muharrir o‘rinbosari vazifalarida xizmat ko‘rsatgan.
2017–2018 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonida bosh inspektor, sho‘’ba mudiri lavozimlarida ishlagan.
2018 yildan «Pravda Vostoka» gazetasi bosh muharriri vazifasida faoliyat boshlagan.
Salim Doniyorov 2020 yildan «Yangi O‘zbekiston» va «Pravda Vostoka» gazetalari tahririyati» DM bosh muharriri lavozimida faoliyat olib bormoqda.
Shuningdek, u O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Boshqaruvi a’zosi hisoblanadi.
Taniqli jurnalist, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Salim Doniyorov 2010 yilda «Oltin qalam» tanlovi g‘olibi bo‘lgan. 2020 yilda «Mehnat shuhrati» ordeni bilan taqdirlangan.
***
PS: Saytimizda tashkil etilgan «Bugun tug‘ilgan kun» loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shgan va qo‘shayotgan insonlar, davlat hamda jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari esga olinadi.
Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.
Telegram: @UzA_pochta, @U_Qurbonov
E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru