Mamlakatimizda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida 1 iyundan 30 avgustgacha yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni sog‘lomlashtirish, kasb-hunarga yo‘naltirish, ta’lim tashkilotlari o‘rtasida yoz oylarida hamkorlikda faol ish olib borish ustuvor vazifa sifatida belgilangan.

Shu maqsadda, mazkur loyiha tizimida “Talabalar kibersport o‘yinlari – 2025” Respublika chempionati o‘tkazilishi e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda hamkor tashkilotlar, hokimliklar bilan birgalikda “Talabalar kibersport o‘yinlari – 2025” Respublika chempionatining dasturi tasdiqlandi.

“Talabalar kibersport o‘yinlari – 2025” musobaqalari “Dota2”, “CS2”, “FC25” o‘yinlari hamda “Just Dance” fijital raqs bo‘yicha 3 bosqichda tashkil etilishi nazarda tutilgan.

1-bosqich 9-14-iyun kunlari respublikamizdagi barcha oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilsa, 2-hududiy bosqich 16-21 iyun kunlari o‘tkazilib, unda g‘oliblikka erishgan jamoalar 23-25 iyun kunlari Farg‘ona viloyatida tashkil etiladigan final bosqichida kuch sinashadi.

Yoshlarning intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan mazkur “Talabalar kibersport o‘yinlari – 2025” musobaqalarida munosib ishtirok etgan iqtidorli yoshlar mamlakat terma jamoalariga jalb etiladi.

Eslatib o‘tamiz, “Talabalar kibersport o‘yinlari – 2025”ning respublika bosqichi g‘oliblari tegishli darajadagi diplom va medallar bilan taqdirlanadi. Shuningdek, musobaqalarda sovrinli o‘rinlarni egallaganlarga  pul mukofotlari topshiriladi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Talabalar kibersport o‘yinlari – 2025” musobaqalari tashkil etiladi