Vatanimiz tarixidagi 8 iyun sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.

1494 yil (bundan 531 yil oldin) – Zahiriddin Muhammad Boburning otasi Umarshayx mirzo vafot etdi. Boshqa temuriyzodalar kabi Umarshayx mirzo ham xabarchi kabutarlar boqishga va ularni qo‘lga o‘rgatishga juda ishqiboz edi. U Axsidagi qiya adirlikka qurilgan kabutarxonaga kiradi. Adirlik yon bag‘ridan daryo oqib o‘tardi. Shu paytda qo‘qqisdan kabutarxona qarsillab, poydevor qurilgan adirlik o‘pirilib ketadi, mirzoni esa uy tomi bosib qoladi va u o‘sha zahotiyoq jon beradi. 

Bu haqda tarixchi Xondamir quyidagicha qayd etadi: “Shu asnoda hech kutilmagan bir voqea ro‘y berdi va ajal lochini Umarshayx mirzonning ruh qushini ovlamoq havosida parvozga kirishib, ul hazrat 899 yil muborak ramazon oyining to‘rtinchisida (milodiy 1494 yil 8 iyunda) dushanba kuni Axsi kabutarxonasi tomidan uchib, ardoqli jonining lochini yuksak jannat pokliklarida uya qurdi”.

1922 yil (bundan 103 yil oldin) – Turkiston Respublikasi hukumatining 121-sonli qaroriga muvofiq, Turkiston Respublikasidagi barcha paxtani qayta ishlash korxonalari, yog‘-moy va sovun zavodlari hamda paxta sanoati mahsulotlari va paxta qabul qilish punktlari Turkiston paxtachilik qo‘mitasi ixtiyoriga o‘tkazildi. 

Qarorga binoan, paxtachilik qo‘mitasiga katta vakolatlar berildi. Unga ko‘ra, respublikadagi mahalliy hokimiyatlarning hech bir organi, hattoki Markazning vakolatli organlari ham paxtachilik qo‘mitasining xo‘jalik ishiga xalaqit qilmasligi va uning ko‘rsatmalarini bajarishi shart ekanligi qat’iy qilib belgilab qo‘yildi.

1922 yil (bundan 103 yil oldin) – Turkiston Respublikasi hukumati senzuraning barcha turlarini birlashtirish maqsadida matbuot ishlari bo‘yicha Bosh qo‘mita tuzishga qaror qildi. Tez orada senzura bosh qo‘mitasi (Glavlit) tashkil etildi va uning zimmasiga matbuotda e’lon qilinadigan barcha turdagi axborotlarni qattiq nazorat ostiga olish vazifasi topshirildi. Shundan so‘ng hamma yerda taqiqlangan kitoblar ro‘yxati paydo bo‘ldi.

1937 yil (bundan 88 yil oldin) – Samarqanddagi O‘zbekiston davlat universiteti (hozirgi Samarqand davlat universiteti) biologiya fakultetining o‘ttiz yoshli dekani Magdi Burnashev qamoqqa olinib, qatag‘onga uchradi. U ikki yildan buyon dekan lavozimida ishlasa-da, universitet yotoqxonasida yashar edi. Qatag‘onlikdan O‘zbekiston Davlat universitetining boshqa professor-o‘qituvchilari, xodimlari, aspirant va talabalari ham ko‘plab jabr ko‘rdilar, qatag‘onlik hech kimni chetlab o‘tmadi.

1979 yil (bundan 46 yil oldin) – O‘zbekiston Kompariyasi Markaziy qo‘mitasining o‘n uchinchi Plenumi bo‘ldi. Tarixchi Qobuljon Akbarovning qayd etishicha, ushbu plenum qarorida O‘zbekiston madaniyatining yanada siyosiylashuvi avj oldirildi. Madaniyat xodimlari, ziyolilar, adiblar, kompozitorlar, teatr arboblarining adabiy-badiiy mahorati ularning g‘oyaviy-siyosiy “yetukligi”dan keyingi sifat barobarida baholandi.

1988 yil (bundan 37 yil oldin) – Namangan viloyatining Pop tumani markazidan bir necha kilometr janubda, Sirdaryo bo‘yida, aholi Munchoqtepa deb ataydigan joyda qadimiy sag‘analar va buyumlar topildi. Sirdaryo sohilidan topilgan ushbu xazina nihoyatda xilma-xil. Sag‘analarning o‘lchami turlicha. Bittadan tortib, o‘nlab qamish tobutlar qo‘yilganigacha bor. Masalan, eng yirik sag‘ananing eni 3, bo‘yi 6, balandligi 2 metrcha keladi. Undan rosa 42 ta qamish tobut chiqqan. Ichki devorida na g‘isht, na boshqa biron qurilish ashyosi ishlatilgan bu sag‘analar lahm qilib o‘yilgan. Bu o‘rinda qamish tobutlar topilishining o‘zi noyob hodisa ekanligini alohida ta’kidlash kerak. 

Murdalar tobutga egnida libosi bilan chalqancha qo‘yilgan, ba’zilarining yuziga ipak parda yopilgan. Qamish tobutlar yoniga marhum “u dunyoda” yashashi uchun kerak bo‘ladigan jamiki narsalar qo‘yilgan. Kiyimlar ipdan va ipakdan to‘qilgan (sag‘analardan g‘o‘za chanoqlari ham tolilgan). Topilmalar orasida bronza buyumlardan upadon, ko‘zgu kabilarni, qovoqdan o‘yib ishlangan idishlarni, sopol buyumlardan turli o‘lcham va shakldagi ko‘zalar, yirik xumlarni ko‘rsatib o‘tish mumkin. Kazishmalar paytida topilgan, xotin-qizlarning turli-tuman taqinchoqlari, zebu ziynatlari va munchoqlari xam dikkatga sazovordir.

Albatta Munchoqtepa qabristoni va bu yerdagi sag‘analardan topilgan buyumlar ichida eng qimmatlisi matolar va kiyimlarning qoldiqlari desak bo‘ladi. Arxeologik tadqiqotlardan shu narsa ayonki, odatda gazlamalar va kiyim-kechaklar kamdan-kam hollardagina saqlanadi. Munchoqtepadan topilgan sag‘ana yaxshi saqlanganligi, bu epga marhumlar dafn etilganidan so‘ng u qayta ochilmaganligi, og‘zi loy bilan yaxshi berkitilganligi uchun uning ichidagi barcha buyumlar to bizning kunlarimizgacha yaxshi yetib kelgan. Munchoqtepa sag‘anasidan topilgan kiyim-kechaklarni uch turga: erkaklar, ayollar va bolalar kiyimlariga bo‘lish mumkin.

1995 yil (bundan 30 yil oldin) – ko‘p yillik halol mehnati, o‘zbek adabiyotini rivojlantirishdagi xizmatlari, respublikada yashayotgan barcha millat va elatlarning vakillari o‘rtasida do‘stlik, o‘zaro hamjihatlik va totuvlikni mustahkamlash ishiga qo‘shgan hissasi hamda jamoat hayotida faol ishtirok etgani uchun O‘zbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad Husanxo‘jayev Prezident farmoniga asosan “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi.

2007 yil (bundan 18 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “«Usmon mushafi»ni talab darajasida saqlashni ta’minlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2020 yil (bundan 5 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tizimida Geologiya fanlari universiteti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2021 yil (bundan 4 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

Alisher EGAMBERDIEV tayyorladi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Munchoqtepa xazinasi haqida bilasizmi?