“Al-Jadid” nashrida Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi Vodiy universiteti arab tili kursida tahsil olayotgan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalarining maqolalari “Fikr va yozuv” rukni ostida e’lon qilindi.

Abbosxo‘ja Qozoqxo‘jayevning maqolasida tarjima jarayoni shunchaki so‘zlarni boshqa tilga o‘girish emas, balki ikki xil fikrlash tizimi, madaniy qatlamlar va xilma-xil tarixiy tajriba o‘rtasidagi chuqur muloqot ekani tahlil qilingan.  

– O‘zbek va arab tillari juda qiziqarli juftlik, – deb yozadi muallif. – Bu o‘rinda tilning oilasi va tuzilishidagi farqni anglash muhim. Turkiy oilaga mansub o‘zbek tili qo‘shimchalar orqali so‘z hosil qilinadigan aglyutinativ tizimi bilan ajralib turadi. Arab tili esa semit oilasiga xos morfologiya tuzilishi – uch harfli ildiz va turli vazn hosil bo‘lishiga asoslanadi. Bu jarayon derivatsiya deb ataladi.

Talabamiz madaniy mazmun, ibora va idioma muayyan insonlar dunyoqarashidan kelib chiqqanligi sababli matnni o‘girish mushkullashishi mumkinligi, shu bois tarjimon har ikki tilni mukammal bilishi zarurligiga urg‘u bergan.

– Xulosa o‘rnida ta’kidlash joiz, o‘zbek va arab tillari ishtirokidagi tarjima shunchaki lingvistik jarayon emas, balki ikki madaniy va intellektual tizim o‘rtasidagi aloqa, – deya davom ettirgan fiikrini u. –  Shu nuqtai nazardan tarjimon shunchaki so‘z uzatuvchi emas, balki ikki xil dunyo uzra madaniy ko‘prikdir. Tarjima uchun grammatik muvofiqlikning o‘zi yetarli bo‘lmaydi. Muvaffaqiyatni ta’minlash uchun ma’no aniqligi, uslubiy izchillik va mazmunni chuqur tushunish ham talab qilinadi. Xullas, o‘zbek-arab tarjimasi boy lingvistik va madaniy masalalarni ifodalaydi.

Sevinch Hoshimovaning “Jazoir va O‘zbekiston: tarix, madaniyat va qadriyatlar uyg‘unligi” sarlavhali maqolasida ikki mamlakat ta’lim sohasidagi hamkorligi istiqboli yoritilgan. Muallif yo‘lga qo‘yilgan talabalar almashinuvi dasturlari, ilmiy konferensiyalar, yozgi maktablar tashkil etish, qo‘shma tadqiqot olib borish ikki davlat madaniy va ilmiy aloqalarini mustahkamlayotganini ta’kidlagan.

Nilufar Rajabova “Arab tilini o‘qitish uslublari” maqolasida arab o‘qituvchilarining grammatik qoidalarni tushuntirayotganda hayotiy suhbatlarga ham urg‘u berishi, hikoya va muloqotlardan foydalanishini qayd etgan. Jazoirlik ustoz Amina Tijoniy til o‘rganishni boshlagan o‘quvchilarga uch oy davomida har kuni oson matn o‘qishni maslahat bergani, professor Hasan Mushara talabalar talaffuzini to‘g‘rilash, o‘qish ohangini kuzatish ustida ishlashini yozgan.

Shuningdek, Zilola Shukrullayeva, Gulnoza G‘afurova, Zeboxon Rahmonova, Ziyoda Adhamovalar maqolalarida o‘z taassurotlarini bayon qilgan.

Muharrama Pirmatova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fikr va yozuv