Buyuk ipak yo‘li markazida joylashgan, ilm-ma’rifat va Sharq sivilizatsiyasining beshiklaridan biri hisoblangan, musulmon olamida qubbatul-islom nomi bilan mashhur qadim Buxoroda an’anaviy xalqaro “Ipak va ziravorlar” festivali davom etmoqda.

2001 yildan beri o‘tkazilib kelinayotgan “Ipak va ziravorlar” festivaliga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimining o‘rinbosari Botir Shahriyorov boshchiligidagi festival tashkiliy qo‘mitasi a’zolari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, mustaqil jurnalist va blogerlar qatnashdi.

– 2023 yil iyun oyining 2-dekadasi oxirida tashkil etilgan ushbu festival ham xorijiy ham mahalliy mehmonlar orasida shuhrat qozonib ulgurdi, – deydi Botir Shahriyorov. – Xalqaro miqyosda e’tirof etilib, shu yil 21 marotaba o‘tkaziladigan an’anaviy xalqaro “Ipak va ziravorlar” festivali ham hunarmandchilik, madaniyat va san’at yo‘nalishlaridagi an’analarni qayta tiklashga xizmat qilishi bilan birga aholi va sayyohlarning madaniy hordiq chiqarishi yo‘lida yana bir muhim qadam hisoblanadi.

2025 yil 6-8 iyun kunlari Buxoro shahrida o‘tkazilayotgan XXI an’anaviy xalqaro “Ipak va ziravorlar” festivalida o‘nga yaqin xorijiy davlatlardan 50 nafardan ortiq hamda respublika hududlaridan 200 nafardan ortiq mahalliy hunarmandlar ishtirok etmoqda.

Ushbu festival doirasida ochilish va yopilish tadbirlari bilan birga matbuot anjumani, folklor jamoalarning chiqishlari, hunarmandchilik turlari bo‘yicha mahorat darslari namoyishlari, ipak va milliy hunarmandchilik mahsulotlari, ziravorlar savdosi ko‘rgazmalari, milliy sport o‘yinlari namoyishi, mahalliy va xorijiy dizaynerlar ishtirokida “Silk&Spices Fashion days” maxsus modalar namoyishi, “palov sayli”, tasviriy va amaliy san’at milliy galereyasi, suratkashlar ko‘rgazmalari kabi tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA muxbirlari.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Ipak va ziravorlar” festivali ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda