_

Raqib g‘irromligi bermadi foyda,

Cho‘zding, yetar, hakam, hushtagingni chal.

Amriqo, kutib ol, emassan Oyda,

O‘zbeklar kelyapti, salom, Mundial!

   

Orzular ushaldi, niyatga yetdik,

Armonlarga nuqta qo‘yildi tugal.

Tarix sahifasin zarvaraq etdik,

O‘zbeklar kelyapti, salom, Mundial!

 

Yerda qolmas, axir, elning duosi,

Yurtboshi mehri ham bo‘ldi mukammal.

Ko‘rib qo‘ysin endi bizni dunyosi,

O‘zbeklar kelyapti, salom, Mundial!

 

Biz naqadar kutdik ushbu damlarni,

Omad ham har safar nozlanardi sal.  

G‘alaba to‘ldirdi barcha kamlarni,

O‘zbeklar kelyapti, salom, Mundial!

 

Yurakda hayajon, dillarda quvonch,

Jahon maydoniga yetib keldi gal.

O‘zini ko‘rsatar g‘ururu, ishonch,

O‘zbeklar kelyapti, salom, Mundial!

 

Tomirlar uyg‘onib, nurlarga to‘lib,  

Bugun millat yuzi yorishgan mahal.

Temuriylar bo‘lib, Boburiy bo‘lib –  

O‘zbeklar kelyapti, salom, Mundial!

BOBUR BOBOMUROD

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
SALOM, MUNDIAL

_

Raqib g‘irromligi bermadi foyda,

Cho‘zding, yetar, hakam, hushtagingni chal.

Amriqo, kutib ol, emassan Oyda,

O‘zbeklar kelyapti, salom, Mundial!

   

Orzular ushaldi, niyatga yetdik,

Armonlarga nuqta qo‘yildi tugal.

Tarix sahifasin zarvaraq etdik,

O‘zbeklar kelyapti, salom, Mundial!

 

Yerda qolmas, axir, elning duosi,

Yurtboshi mehri ham bo‘ldi mukammal.

Ko‘rib qo‘ysin endi bizni dunyosi,

O‘zbeklar kelyapti, salom, Mundial!

 

Biz naqadar kutdik ushbu damlarni,

Omad ham har safar nozlanardi sal.  

G‘alaba to‘ldirdi barcha kamlarni,

O‘zbeklar kelyapti, salom, Mundial!

 

Yurakda hayajon, dillarda quvonch,

Jahon maydoniga yetib keldi gal.

O‘zini ko‘rsatar g‘ururu, ishonch,

O‘zbeklar kelyapti, salom, Mundial!

 

Tomirlar uyg‘onib, nurlarga to‘lib,  

Bugun millat yuzi yorishgan mahal.

Temuriylar bo‘lib, Boburiy bo‘lib –  

O‘zbeklar kelyapti, salom, Mundial!

BOBUR BOBOMUROD