Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi bahslari 11-tur yakunlanganidan so‘ng qisqa muddatga tanaffus olganidan xabaringiz bor.
O‘zbekiston Professional futbol ligasi milliy chempionatimizning 4-turi doirasida qoldirilgan “Qizilqum” — “Xorazm” klublari uchrashuvini tashkil etdi.

Mazkur bahsda “Xorazm” safarda o‘ynagan bo‘lsa-da, Humoyunmirzo Iminov, Murod Bobojonov va Hazratjon Tursunqulov urgan gollar evaziga 3:0 hisobida “Qizilqum”ni yengdi.

Shu tariqa, ushbu jamoalarning o‘yini 11 taga yetib, “Xorazm” 14 ochko bilan Superliga jadvalining sakkizinchi o‘rniga chiqib oldi. "Qizilqum" esa 11 ochko bilan 13-o‘ringa tushib ketdi.
Ma’lumot o‘rnida: Superliganing 12-tur o‘yinlari 13-15 iyun kunlari tashkil etiladi. Unda quyidagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi:
13 iyun:
OKMK – “Sho‘rtan”,
“Surxon” – “Neftchi”;
14 iyun:
“Bunyodkor” – “Paxtakor”,
“Qizilqum” – “So‘g‘diyona”, “Nasaf” – “Navbahor”;
15 iyun:
“Xorazm” – “Dinamo”,
“Buxoro” – “Andijon”, “Qo‘qon-1912” – “Mash’al”
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA