O‘zbek xalqining, qolaversa ko‘p millionli futbol muxlislarining uzoq yillik orzusi ushaldi.

Aniqroq aytadigan bo‘lsak, kuni kecha Osiyo qit’asida futbol bo‘yicha Jahon chempionati 3-saralash bosqichining 9-turida O‘zbekiston terma jamoasi BAA termasiga qarshi 0:0 hisobida durang natijani qayd etdi. Bu bilan terma jamoamizning ochkolari 18 taga yetib, mamlakat tarixida ilk marotaba Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Bu g‘alaba barcha yurtdoshlarimizni behad quvontirdi. Bugun xalqimiz  chin qalbdan futbolchilarimiz bilan faxrlanmoqda.

Futbolimiz tarixida yangi sahifa ochgan Temur Kapadze boshchiligidagi terma jamoamiz a’zolarini Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida hukumat a’zolari, sportimiz mutasaddilari, ota-onalar, murabbiylar, keng jamoatchilik vakillari, soha fidoyilari tantanali kutib oldi. 

Uzoq kutilgan daqiqalar o‘z yakuniga yetib, yuzlari yorug‘, boshlarini mag‘rur tutgan futbolchilarimiz ko‘rina boshladi. 

[gallery-23799]

– Bu kunni o‘zim ham futbolchi, ham murabbiy sifatida ko‘p kutganman, – deydi O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Temur Kapadze. – Albatta, bu g‘alabalarimiz zamirida avvalo xalqimizning ishonchi va duosi yotibdi. Kuni kecha Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev jamoamiz a’zolarini telefon orqali tabriklaganlari bizni juda quvontirdi. Bizga yo‘llagan tabriklarida “Hech  shubhasiz, milliy sportimiz solnomasiga oltin harflar bilan bitiladigan bunday yorqin natija yurtimizdagi millionlab futbol muxlislari, butun xalqimizning necha yillik orzusi edi” degan so‘zlari o‘zim kabi barcha jamoamiz a’zolarini ruhlantirdi. Xalqimizning eng buyuk orzularidan birini ro‘yobga chiqarganimizdan xursandmiz. Endi bizning mas’uliyatimiz yanada oshadi va 2026 yilgi Jahon chempionatida ham munosib ishtirok etishga bor kuch-g‘ayratimizni sarflaymiz.

Albatta, bu muvaffaqiyat mamlakatimizda so‘nggi yillarda sport sohasi, xususan, o‘zbek futboliga qaratilayotgan e’tiborning amaldagi ifodasidir. Futbolni ommalashtirish, yosh avlod orasida sportga qiziqishni oshirish, xalqaro musobaqalarda munosib ishtirok etadigan terma jamoalarni shakllantirish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirildi. 

– O‘tgan yili Olimpiya terma jamoamiz safida “Parij-2024” Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan holda tarixiy natija qayd etgan bo‘lsak, bu yil milliy terma jamoamiz tarkibida Jahon chempionatiga yo‘l oldik va xalqimizning azaliy orzusini amalga oshirdik, – deydi O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Abbosbek Fayzullayev. – Xalqimizning necha yillik orzusi ushaldi. Bunga ma’lum ma’noda o‘z hissamni qo‘shganimdan mamnunman. Mamlakatimizda sportchilarga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar va biz, yoshlarga qaratilgan ulkan e’tibor natijasida ulkan marralarni zabt etmoqdamiz. Buning uchun Prezidentimiz va xalqimizga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Futbol bo‘yicha Osiyo qit’asida Jahon chempionati 3-saralash bosqichining 9-tur uchrashuvlari yakuniga ko‘ra, “A” guruhidagi vaziyat ancha oydinlashdi. Guruhda Eron 20 ochko bilan birinchi o‘rinda borayotgan bo‘lsa, O‘zbekiston termasi 18 ochko jamg‘arib, ikkinchi o‘rinni egalladi. Mazkur terma jamoalar muddatidan avval Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. BAA termasi 14 ochko bilan uchinchi o‘rinda qoldi. Qatar 13 ochko bilan 4-o‘rinni mustahkamladi. Qirg‘iziston 7, KXDR 3 ochko bilan keyingi pog‘onadan o‘rin oldi.

Endi 10 iyun kuni O‘zbekiston – Qatar, Qirg‘iziston – BAA va Eron – KXDR terma jamoalari so‘nggi tur uchrashuvlarini o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, 2026 yilda AQSH, Kanada va Meksika mamlakatlarida bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon chempionatida 48 ta jamoa ishtirok etishi belgilangan. Qit’amizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 8 ta, qit’alararo pley-off o‘yinlari orqali esa bitta o‘rin ajratilgan.    

Osiyo qit’asi uchun Jahon chempionatining 3-saralash bosqichida 18 ta jamoa uchta guruhga bo‘lindi va ular davra tizimida (uy-safar) bahslashmoqda. Har bir guruhdan eng yaxshi ikkita o‘rinni egallagan terma jamoa 2026 yilgi Jahon chempionatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma oladi.

Osiyo saralash guruhlarida uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarni egallagan 6 ta terma jamoa yakuniy bosqichda har biri uch jamoadan iborat ikkita guruhga bo‘lingan holda davra formatida kurash olib boradi. 

Osiyo pley-off bosqichida eng yaxshi ikki o‘rinni egallagan jamoalar «JCH-2026» yo‘llanmasiga ega bo‘ladi. Har ikki guruhda ikkinchi o‘rinni egallagan jamoalar qit’alararo pley-offda OFK nomidan ishtirok etadigan jamoani aniqlash uchun o‘zaro o‘yin o‘tkazadi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov ishtirok etdi.

To‘lqin RO‘ZIEV, Javohir TOSHXO‘JAEV, O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qahramon futbolchilarimiz tantanali kutib olindi