Bugun erta tongdan ko‘hna va boqiy Buxoroda joriy yilning 6-8 iyun kunlari an’anaviy xalqaro “Ipak va ziravorlar” festivaliga start berildi.
Tadbirda XX an’anaviy xalqaro “Ipak va ziravorlar” festivali doirasida “Ark” majmuasidan “Labi hovuz” majmuasigacha qatnashchilarning “Mo‘’jizalar karvoni” tantanali yurishlari tashkil etildi. “Labi hovuz” majmuasida festivalning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Buxoro shahrining eski shahar qismi bo‘ylab respublikamizdagi folklor jamoalarning chiqishlari, ipak va milliy hunarmandchilik mahsulotlari hamda ziravorlar savdosi ko‘rgazmasi, zardo‘zlik, temirchilik, ipak gilamlari, kashtado‘zlik, kandakorlik, badiiy va miniatyura san’ati mahorat darslari tashkil etildi.
Festival doirasidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman, “Palov sayli” milliy taomlar tanlovi, mahalliy va xorijiy dizaynerlar ishtirokida “Silk & Spices Fashion days” maxsus modalar namoyishi, tasviriy va amaliy san’at milliy galereyasi va suratkashlar ko‘rgazmasi ham o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, milliy va sport o‘yinlari namoyishi, festivalning yopilish marosimiga bag‘ishlangan gala-konsert kabi asosiy tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Tadbirlarni yoritib borish uchun matbuot shtabi tashkil etilib, unda xorijiy va mahalliy ommaviy axborot vositalari xodimlari faoliyat olib bormoqda. Festival xorijiy va mahalliy jurnalist va blogerlar ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritish rejalashtirilgan.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/qR44V4G2p3I?si=aV3n3RD8sC9c3b3r" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA muxbirlari.