Ispaniyada qashshoqlik so‘nggi o‘n yil ichida qiyosan kamaydi, ammo bu borada jadallik kuzatilmayapti. Davlatga qarashli Qashshoqlik va ijtimoiy yakkalanishga qarshi kurash tarmog‘i (EAPN-ES) tomonidan taqdim etilgan “Qashshoqlik holati” 15 yillik hisobotida yashash sharoitini o‘rganish ma’lumotiga asoslangan shunday xulosa chiqarilgan.

Hujjatga ko‘ra, "olovlar mamlakati"da har to‘rt kishidan biri hamon kambag‘allik yoki chetlanish xavfidan aziyat chekmoqda. Aholining 32 foizi "ish bilan qashshoqlikda" yashaydi. Bu esa ayni muammoga barham berish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar amalga oshirish zarurligini anglatadi.

Kambag‘allik va/yoki ijtimoiy chetlanish xavfi o‘tgan yil umumiy aholiga nisbatan 26,5 foizdan 25,8 foiziga tushdi. Mazkur ko‘rsatkich 200 ming kamaygan esa-da, salbiy holat 12,5 million kishiga ta’sir ko‘rsatmoqda. Ya’ni bu 2014 yildan beri eng past ko‘rsatkich. "Sezilarli" natijaga qaramay, EAPN-ES qashshoqlik darajasi aholining 25 foizidan kamaymaganidan ogohlantirgan.

Tadqiqot mualliflari Ispaniyaning ijtimoiy siyosati o‘ta og‘ir sharoitda yashovchilarni himoya qilishga yetarli darajada yo‘naltirilmaganiga urg‘u bergan. Bu muayyan toifaning og‘ir ahvolini surunkali holatga keltiradi va qashshoqlikdan qutulish qobiliyatiga to‘sqinlik qiladi. Shuningdek, Yevropa Ittifoqi hududidagi eng yuqori ko‘rsatkich sifatida bolalar kambag‘alligining "tashvishli" darajasi ham ta’kidlangan.

M.Pirmatova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ispaniyada har to‘rt kishidan biri jiddiy aziyat chekmoqda