Birlashgan Arab Amirliklari yetakchisi Muhammad bin Zoid Ol Nahayon va Misr Prezidenti Abdulfattoh As-Sisiy chorshanba kuni Abu-Dabidagi uchrashuvda G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish chaqirig‘i bilan chiqishdi. Bu haqda "Arab News" yozgan.
Abu-Dabidagi Qasr Ash-Shatida ikki yetakchi o‘zaro muzokara o‘tkazib, G‘azoda “o‘t ochishni to‘xtatishga erishish uchun sa’y-harakatni kuchaytirish, ikki davlat yechimiga asoslangan adolatli va keng qamrovli tinchlik uchun aniq siyosiy ufq yo‘lida harakatlanish” muhimligini ta’kidlagan.
Avvalroq AQSH BMT Xavfsizlik Kengashining qamaldagi anklavda zudlik bilan harbiy harakatni to‘xtatish, XAMAS tomonidan garovga olingan barcha shaxslarni ozod qilish va hududning ochlikdan aziyat chekayotgan aholisiga gumanitar yordamni to‘siqsiz yetkazish talab qilingan rezolyutsiyasiga veto qo‘ygan edi.
Oliy darajadagi muloqot chog‘i ikki davlat o‘rtasidagi “ayniqsa, umumiy taraqqiyotga hissa qo‘shadigan, xalq manfaatiga xizmat qiladigan” munosabatlarni yanada mustahkamlash yo‘llarini ham muhokama qildi. Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro muammolar, xususan Yaqin Sharq mintaqasida xavfsizlik, barqarorlikni tiklashga qaratilgan so‘nggi o‘zgarishlarni ko‘rib chiqdilar.
M.Pirmatova, O‘zA