Zimbabve hukumati qo‘riqxonada mo‘ljaldagidan uch barobar ko‘payib ketgan fillarning kamida 50 tasini otib tashlashga ruxsat berdi.

Afrikaning ushbu mamlakati Bog‘lar va yovvoyi tabiatni muhofaza qilish boshqarmasi bayonotida aytilishicha, Zimbabve janubidagi Seyv-Velli qo‘riqxonasida 2550 ga yaqin fil yashaydi. Vaholanki, majmuada 800 bosh shunday jonivor uchun joy bor.

Ma’muriyat so‘nggi besh yilda ko‘payishini nazorat qilish uchun 200 ta filni boshqa qo‘riqxonalarga ko‘chirdi, deb yozgan "Reuters".

Ta’kidlanishicha, o‘ldirilgan hayvonlarning go‘shti mahalliy aholiga iste’mol uchun beriladi, suyagi esa bog‘ ma’muriyatida qoladi.

Dunyo miqyosida fillar eng tez urchiyotgan bu mamlakatda yuqori darajali populyatsiya va iqlim o‘zgarishi sharoiti odamlar va yovvoyi tabiat o‘rtasidagi ziddiyatni kuchaytirmoqda. Masalan, fillar oziq-ovqat va suv izlab, odamlar yashaydigan hududlargacha bostirib kirishyapti.

O‘tgan yil ham Afrika janubidagi mazkur davlatda 200 ga yaqin filni yo‘q qilishga ruxsat berilgan. O‘shanda rasmiylar biz uchun ekzotik hisoblangan ushbu jonivor go‘shti mintaqaviy qurg‘oqchilikdan aziyat chekkan jamoalarga tarqatilishini aytgan. Ko‘p o‘tmay Namibiyada ham xuddi shunday amaliyot kuzatilgan.

M.Pirmatova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zimbabveda 50 bosh fil otiladi