Mamlakatimizda fuqarolarning emin-erkin ibodat qilishi, musulmonlarning o‘z zimmalaridagi diniy arkonlarni bekamu ko‘st ado etishi uchun zarur barcha sharoitlar yaratilgan. Ayniqsa, bugun tinch-osoyishta hayotimiz, Qurbon hayitining chiroyli tarzda o‘tayotganligi uchun har bir yurtdoshimiz qalbida shukronalik tuyg‘usi jo‘sh urmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 30 maydagi “Muborak Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qarorida mamlakatimizda Qurbon hayitini munosib nishonlash, bayramni tartibli va yuqori darajada, xalqimizning milliy va diniy qadriyatlariga mos ravishda o‘tishini ta’minlash uchun tegishli tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan vazifalar belgilangan. Mazkur qaror ijrosini ta’minlash, qolaversa, Qurbon hayiti bayramini yuqori saviyada o‘tkazish uchun Andijon viloyatida ham zarur ishlar amalga oshirildi.

Ma’lumki, hayit bayrami munosabati bilan xalqimizning xayru saxovat, mehr-oqibatga yo‘g‘rilgan ishlari ko‘lami yanada ortadi. Ayni kunlarda viloyatning har bir mahallasida bu kabi ezgu amallar olib borilmoqda, imkoniyati cheklangan, yakka yolg‘iz yashovchilarga xayru saxovatlar ko‘rsatilmoqda.  

Viloyatdagi hayit namozlari o‘qiladigan masjidlarda bayramga puxta hozirlik ko‘rildi. Muborak bayram kunida xalqimiz, fuqarolarimiz qalbiga bayram shukuhini singdirish, mamlakatimizda yurtdoshlarimizning ibodat qilishi, zimmalaridagi diniy amallarni ado etishi uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlarni tushuntirish maqsadida diniy idoralar, mahalla fuqarolar yig‘inlari, Ma’naviyat-targ‘ibot markazi, ichki ishlar bo‘limlari, umuman, keng jamoatchilik vakillari hamkorligida mahallalarda, masjidlarda keng ko‘lamli targ‘ibot ishlari olib borildi.

Bugun Qurbon hayiti namozi viloyatdagi 179 ta jome masjidi hamda “Sayid Muhyiddin mahdum” o‘rta maxsus islom bilim yurtida o‘qildi. Masjidlarda namozxonlar uchun zarur barcha shart-sharoit va qulayliklar yaratildi.

Bundan tashqari, aholiga bayramona va ko‘tarinki kayfiyat ulashish maqsadida masjidlarga kishi ruhiyatini ko‘taruvchi shior va pannolar o‘rnatildi.  

Bir so‘z bilan aytganda, viloyatdagi barcha masjidlarda Qurbon hayiti namozi ko‘tarinkilik bilan o‘qildi, bayram shukuhi esa aholi kayfiyatini yanada ko‘tarmoqda.  

F. Ubaydullayev, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijonda Qurbon hayiti namozi yuqori ko‘tarinkilik bilan o‘qildi