Bugun xalqimiz qariyb 30 yildan buyon kutgan, mamlakatimiz futboli tarixida yangi sahifa ochilgan kun. Aniqrog‘i, Osiyo qit’asida futbol bo‘yicha Jahon chempionati 3-saralash bosqichining 9-turida O‘zbekiston terma jamoasi safarda BAA termasiga qarshi o‘yin o‘tkazdi. 0:0 hisobidagi durangdan so‘ng terma jamoamiz ilk bor Jahon chempionati yo‘llanmasiga ega chiqdi.

Ko‘ksimiz g‘urur va iftixorga to‘ldi. Mahallamiz guzarida nuroniy otaxonlar, qo‘ni-qo‘shni, do‘stu-birodarlar do‘ppidek palov ustida birgalashib ushbu quvonchli voqea guvohi bo‘ldik.  

O‘yinni barchamiz katta hayajon bilan kuzatdik. Ayniqsa, yoshi keksa otaxonlarimiz behad mamnun.Haqiqiy futbol ishqibozi Bahodir ota quvonchdan ko‘ziga yosh oldi...

–Mustaqillikka erishganimizdan so‘ngsportchilarimiz turli yuksak marralarni egallab kelmoqda. Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, jahon hamda qit’a chempionatlarida medallar shodasi bilan qaytmoqdalar. Ularning bu muvaffaqiyatlarini ko‘rib, “Barakalla o‘zbekning haqiqiy farzandlari, bopladingiz!” deya faxrlanaman. Biroq bir armonim qolgan edi. Bu ham bo‘lsa, futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga milliy jamoamiz, haqiqiy o‘zbek o‘g‘lonlarining chiqishi edi. Bu orzu ham ushaldi. Barakalla, yigitlar. Sizlar qahramonsizlar...

Darhaqiqat, bugun yurtimizda, barchaning uyida bayram. Futbolsevar xalqmiz, hammaning qalbida faxr-iftixor, ko‘zlarida quvonch yoshlari.    

Mazkur o‘yindan so‘ng, O‘zbekiston milliy terma jamoasi ilk bor Jahon chempionatida ishtirok etadigan bo‘ldi va nihoyat futboldagi islohotlar tarixiy natija berdi. Futbol – tinchlik, hamjihatlik elchisi. Odamlarni jipslashtiradi. Qalbida vatanparvarlik hissini jo‘sh urdiradi. Barchamiz uzoq yillar davomida Jahon chempionatida O‘zbekiston bayrog‘i yuksalishini istadik. Shu kunlarga ham yetib keldik.  

O‘zbekiston futboli tarixida mutlaqo yangi sahifa ochildi. Bu zafarli voqea mamlakatimizda sport sohasi, xususan, futbol yo‘nalishida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mantiqiy natijasi bo‘lib, nafaqat futbolchilarimiz, balki butun xalqimizning ushalmasdek ko‘ringan orzusini ro‘yobga chiqardi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugunga qadar Jahon chempionatining jami 7 ta saralash bosqichida ishtirok etgan va turli bosqichlarda musobaqadagi ishtirokini yakunlagan.

Aniqroq aytadigan bo‘lsak, futbolchilarimiz ilk marotaba 1998 yili Fransiya mezbonligida o‘tgan mundialga chiqishga urinib ko‘rgan edi. O‘shanda dunyo birinchiligi uchun o‘tgan saralashda Yaponiya, Janubiy Koreya, BAA va Qozog‘istonga qarshi o‘ynagan futbolchilarimiz, 6 ochko to‘pladi va 4-o‘rinni egallab, keyingi bosqichga o‘ta olmadi.

Oradan to‘rt yil o‘tib, esa Janubiy Koreya va Yaponiya yashil maydonlarida o‘tgan Jahon chempionati saralashida ishtirok etdi. Saralashning birinchi bosqichida Turkmaniston, Iordaniya va Tayvanni mag‘lub etib, ikkinchi bosqichda Xitoy, BAA, Qatar va Ummonga qarshi raqobatlashgan termamiz, 10 ochko jamg‘argan holda 3-o‘rinni egalladi va ishtirokini ushbu bosqichda yakunladi.  

Shuningdek, 2006 yili Germaniya mezbonligida o‘tgan Jahon chempionati uchun o‘tgan saralashning uchinchi bosqichiga qadar yo‘l olgan O‘zbekiston terma jamoasi 5 ochko bilan 3-o‘rinni egallagan holdapley-offga chiqdi. Pley-offda esa Bahraynga qarshi o‘yinda 1:1 va 0:0 hisoblari qayd etildi. Safarda Bahrayn termasi urgan gol natijasida vakillarimiz bu safar ham mundialga chiqa olmadi.

JAR davlati mezbonlik qilgan 2010 yilgi Jahon chempionatida to‘rtinchi bosqichga qadar o‘tgan saralash bahslarida futbolchilarimiz Avstraliya, Yaponiya, Bahrayn va Qatarga qarshi o‘ynab, 4 ochko jamg‘ardi va musobaqa bilan xayrlashdi. Shuningdek, 2014 yili Braziliyada o‘tkazilgan mundial saralashining to‘rtinchi bosqichida 14 ochkojamg‘ardi. Afsuski, futbolchilarimiz Janubiy Koreya termasiga gollar hisobida ortda qolib, 3-o‘rinni egalladi. Pley-offda esa Iordaniya bilan ikki o‘yinda 1:1 hisoblari qayd etildi vapenaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldi.

Rossiya mezbonlik qilgan 2018 yilgi musobaqaga chiqish yo‘lining uchinchi bosqichida Eron, Janubiy Koreya, Suriya, Qatar va Xitoyga qarshi o‘ynab 13 ochko to‘pladi va Suriya bilan ochkolar teng bo‘ldi. Ammo gollar nisbati bo‘yicha yana bir bor ortda qolib, keyingi bosqichga o‘ta olmadi.

Saralashlar orasida eng yomon natijamiz 2022 yilda qayd etildi. O‘shanda ikkinchi bosqichda 15 ochko jamg‘arib, uchinchi bosqichga o‘ta olmadik.

Ushbu armon va alamli natijalardan so‘ng, futbolni yanada rivojlantirish masalasiga jiddiy e’tibor qaratila boshlandi. Jumladan, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan futbolni ommalashtirish, yosh avlod orasida sportga qiziqishni oshirish, xalqaro musobaqalarda munosib ishtirok etadigan terma jamoalarni shakllantirish maqsadida qator tizimli ishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, yoshlar futbolini rivojlantirishga qaratilgan e’tibor so‘nggi natijalarda o‘z ifodasini topmoqda.

Prezidentimiz 2023 yil 28 aprel kuni o‘tkazgan yig‘ilishida futbol infratuzilmasini tubdan yangilash, bolalar va o‘smirlar o‘rtasida futbolni ommalashtirish, tajribali murabbiylar va zamonaviy shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab bergan edi.

Mazkur ko‘rsatmalar ijrosi yuzasidan 2024 yilda Respublika futbol akademiyasi negizidaMilliy futbol markazi tashkil etildi. Shu bilanbirga, futbol bo‘yicha ilmiy-tadqiqot va uslubiy markaz faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Keng ko‘lamli sa’y-harakatlar natijasida O‘zbekiston futbolining turli yosh toifalaridagi jamoalari xalqaro arenalarda munosib natijalarga erishib kelmoqda. Quvonarlisi, so‘nggi yillarda U-17, U-20 va U-23 terma jamoalarimiz Jahonchempionatlari va Olimpiadaga chiqishdek yuksaknatijalarga erishdi. Endi esa, ushbu barkamol avlodva milliy tizimda shakllangan zamonaviy futbol falsafasi milliy terma jamoamizni ham Jahonchempionati sahnasiga olib chiqdi.

Bu natija — to‘laqonli milliy futbol modeli shakllanishining tasdig‘idir. Shu tariqa, 2026 yilgi AQSH, Meksika va Kanada yashil maydonlarida bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatida Vatanimiz bayrog‘i ilk bor hilpiraydi. Bu xalqimizning g‘ururi, davlatimizning sport siyosatidagi muvaffaqiyati, yoshlarimizga berilgan yuksak ishonchning amaliy ifodasi bo‘ldi.

Endi terma jamoamiz “A” guruhidagi so‘nggi turda Qatar bilan 10 iyun kuni Toshkentda o‘yin o‘tkazadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston mundialda: Yangi tarix yozgan o‘zbek o‘g‘lonlari