O‘zbekiston zargarlik sohasida katta imkoniyatlarga ega mamlakat. Ma’lumotlarga qaraganda, jahon zargarlik sanoatida ishlab chiqarish hajmi yiliga 5-6 foizga o‘syapti, tovar aylanmasi 250 milliard dollardan oshdi. Ushbu raqamlar sohadagi salohiyatni ko‘rsatgan holda, tabiiyki, yurtimizdagi mavjud xom ashyodan unumli foydalanib, dunyoda zargarlik yo‘nalishida o‘z brendimizni yaratishni kun tartibiga qo‘yadi.
2024 yil 23 iyulda davlatimiz rahbarining “Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish sohasini yanada rivojlantirish va ularning raqobatbardoshligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” farmoni qabul qilindi. Bu esa zargarlik rivoji uchun keng yo‘l ochib beradi va tadbirkorlarimizga bir qator imtiyozlarni ham taqdim etadi.
Mazkur huquqiy hujjat qabul qilinganidan so‘ng bo‘yicha qilingan ishlar va kelgusidagi rejalar xususida “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi bosh mutaxassisi Otabek Do‘styarov bilan suhbatlashdik.
- Sohada keyingi yillarda qanday o‘zgarishlar ro‘y berdi?
- Zargarlik sohasida qadimdan O‘zbekistonning turli viloyatlarida o‘z maktablari bo‘lgan. Avvallari zargarlik tushunchasi san’at turi sifatida tasavvurimizda gavdalangan. Shu sababli keyingi yillarda bu sohani sanoat darajasiga ko‘tarish borasida sa’y-harakatlar boshlandi.
2024 yil 23 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 104-sonli farmoni qabul qilindi. Bu orqali biz zargarlik sohasini yangi bosqichga olib chiqish uchun katta qadam tashladik, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Sabab, bu farmon bilan ko‘plab imtiyozlar, yangi imkoniyatlar va shu bilan birga sohani yanada rivojlantirish, yangi pog‘onaga olib chiqish uchun shart-sharoitlar yaratib berildi.
Xususan, Toshkentda, Namangan, Samarqand, Buxoroda “Zargarlar markazi”ning tashkil etilishi yoki farmondan keyin 591-sonli qaror qabul qilinib, bu orqali biz barcha viloyatlarda ana shunday markazlarni joriy qilish bo‘yicha harakatlarni boshladik. Ushbu topshiriqlar birma-bir bajarilmoqda va kelgusida har bir hududda zargarlik majmualari bo‘ladi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/slHPh6nJyYA" title="Zargarlik sohasining o`z instituti bo`lishi kerak" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Sanjar Toshpo‘latov, Nishonboy Abduvoyitov, O‘zA