Bugun, 5 iyun kuni Armanistonning Jermuk shahrida davom etayotgan “Stepan Avagyan Memorial-2025” turnirining 8-tur bahsida hamyurtimiz Nodirbek Yoqubboyev AQSH vakili Samuel Sevyan bilan bahs olib boradi.
Kecha o‘tkazilgan 7-tur bahsida N.Yoqubboyev oq donalarda daniyalik Yonas Bul Berre bilan kuch sinashdi. Qiziqarli kechgan bahsning 26-yurish holatida tomonlar murosa yo‘lini tanlashdi.

Turnir peshqadami hindistonlik Rameshbabu Praggnanandxa qora donalarda armanistonlik Aram Hakobyanni mag‘lubiyatga uchratdi.
Ortda qolgan tur o‘yinlaridan keyin Rameshbabu Praggnanandxa va Aravind Chitambaram 5 ochko bilan yetakchilik qilmoqda.

Hamyurtimiz Nodirbek Yoqubboyev 3 ochko bilan qo‘shimcha ko‘rsatkichlar hisobiga 7-o‘rinda bormoqda.
Mukofot jamg‘armasi 19 ming 200 AQSH dollaridan iborat xalqaro turnirning so‘nggi 9-tur o‘yinlari ertaga, 6 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA