Poytaxtimizda joylashgan "Saxovat Sport Servis" majmuasida o‘tayotgan W15 tasnifiga kiruvchi xalqaro tennis turnirida bugun yakkaliklar o‘rtasida ikkinchi davra, juftlik bahslarida esa chorak final bosqichi bahslari tashkil etiladi.
Turnirning yakkalik bahslarida hamyurtlarimizning uch nafari ikkinchi davra ishtirokchisiga aylandi. Chorak final ostonasida o‘tadigan bahslarda Nigina Abduraimova hindistonlik Vayshnavi Adkar, Darya Shubina neytral tennischi Darya Xomutsianskaya, Diana Yakovleva esa boshqa bir neytral maqomdagi Kseniya Laskutova bilan raqobatlashadigan bo‘ldi.
Shuningdek, juftlik yo‘nalishida hamyurtimiz Darya Shubina hamda neytral maqomdagi tennischi Varvara Panshina tandemi chorak finalda Janubiy Koreya vakillari Bo Yung Jeong va Yujin An bilan kuch sinashsa, umidli sportchilarimiz Nasiba Espolova hamda Diana Yakovleva dueti yarim final yo‘llanmasi uchun neytral tennischilar Kseniya Laskutova va Ustiniya Lekomseva juftligiga qarshi kortga chiqadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA