Hindiston janubidagi Karnataka shtatidagi kriket stadioni yonida olomon tirbandligi yuzaka kelib, kamida 11 kishi halok bo‘ldi, 30 dan ziyod odam jabrlandi. Bu haqda CNN xabar tarqatgan.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘n minglab muxlis Bengaluru shahridagi M.Chinnasvami o‘yingohi tashqarisida eng nufuzli T20 kriket turniri g‘oliblarini tabriklash uchun to‘plangan.

Shtat Bosh vaziri Siddaramaya olomon stadion darvozalaridan birini buzib kirishi tartibsizlikka sabab bo‘lganini qayd etdi.

Hindistonda bunday baxtsiz hodisalar tez-tez sodir bo‘ladi. Masalan, yanvar oyida yirik diniy marosim - Maha Kumb festivalida o‘n minglab fuqaro muqaddas daryoga cho‘milish uchun shoshilishi natijasida 30 kishi hayotdan ko‘z yumgan edi.

Musulmon Ziyo, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hindiston: Bayram motamga aylandi