– Vladimir Putin Ukrainaning Rossiya aviabazalariga uchuvchisiz samolyotlar bilan uyushtirilgan yirik hujumiga “yaxshigina” javob qaytarishini aytdi, – deya ogohlantirdi AQSH Prezidenti.

BBC e’lon qilgan bu bayonot Qo‘shma Shtatlar yetakchisi rossiyalik hamkasbi bilan telefon orqali gaplashgandan so‘ng yangradi. Kiyev rasmiylari axborotni izohlashdan bosh tortdi. Moskva avvalroq harbiy yechim munozara davrasida muhokama qilinishini aytgandi.

“RIA Novosti” agentligi ma’lum qilishicha, Putin Trampga Ukraina muzokarani “buzishga” uringani va Kiyevdagi hukumat “mohiyatan terror tashkilotiga aylangani”ni bildirgan.

Shuningdek, yetakchilar “ulkan salohiyatga ega mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni tiklash istiqboli yuzasidan fikr almashdi”, deyilgan xabarda.

Darvoqe, ikki davlat rahbari Ukraina 1 iyun kuni dronlar yordamida RFning uzoq masofaga uchadigan bombardimonchi samolyotlariga kutilmagan hujum uyushtirgandan keyin ilk bor suhbatlashdi.

Musulmon Ziyo, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tramp: Putin Ukrainaga jiddiy javob yo‘llamoqchi