Mamlakatimizda murakkab jarrohlik amaliyotlariga muhtoj bemorlarni davlat hisobidan bepul operatsiya qilish, ularning salomatligini tiklash va sifatli tibbiy xizmatlar ko‘rsatish borasidagi sa’y-harakatlar o‘z samarasini beryapti. Muhimi, ushbu jarayonga tajribali mutaxassislar va shifokorlar ham jalb etilmoqda.

Xususan, Bekobod tumanida 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tug‘ma yurak nuqsoni mavjud bo‘lgan bolalarda jarrohlik amaliyotini o‘tkazish bo‘yicha aksiya tashkil etildi. 

Kuni kecha 4 nafar yuragida tug‘ma nuqsoni bor bolalarda murakkab jarrohlik amaliyotlari o‘tkazildi. 3 nafarida yopiq, 1 nafarida esa ochiq usulda yurakdagi tug‘ma nuqson to‘liq bartaraf etildi.  Bu xayrli ish Bolalar milliy tibbiyot markazining yuqori malakali shifokorlari bilan hamda viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tasarrufidagi muassasalari xodimlari hamkorligida qilindi.

Dastlab, hududdagi kambag‘allik reyestrida turgan, tug‘ma yurak nuqsoni bor 32 nafar bola to‘liq chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, 8 nafarini Bolalar milliy markazida va 6 nafarini esa tumanning o‘zida jarrohlik amaliyoti o‘tkazish rejalashtirildi.

Endi bemorlar poytaxtga bormasdan ham Bekobodning o‘zida shifo topishmoqda. Ta’kidlash lozimki, sal avval Bekobod tumanida kattalar o‘rtasida ehtiyojmand fuqarolar uchun yuqori texnologiyali “Aorta koronar shuntlash” operatsiyasi ham muvaffaqiyatli o‘tkazilgan edi. 

Tumandagi Gulzor mahallasida yashovchi Navbahor Qudratovaning kenja o‘g‘li hozir ikki yoshda. Afsuski u uch oyligida o‘tkazilgan tibbiy tekshiruvlarda yuragida teshigi borligi aniqlangan edi. Shundan buyon bolada muttasil ahvoli yomonlashavergan. Oila kattalari bolani bu ahvoli og‘irlashganini bilib tuman avval viloyat shifokorlariga keyin poytaxtga davolagani olib borgan. Aksiya doirasida bu ayolning o‘g‘li yuragida ham yopiq tibbiy amaliyot o‘tkazildi. Tez fursatda jarayonlar ijobiy tarzda yakunlandi.

– Bu turdagi tibbiy amaliyotlar ilgari faqat xorij davlatlarida qilingan. Shu tufayli bemorlari bor oilalar katta mablag‘ sarflab bo‘lsa ham chet eldagi mutaxassislarga murojaat qilishga majbur bo‘lar edi. Yil sayin tibbiyotdagi rivojlanishlar natijasida nafaqat respublika darajasida, balki viloyat va tumanlarda ham aholiga qulayliklar yaratilmoqda. Jumladan, Bekobod tumanida ham zarur tibbiy sharoitlar qilinib, ochiq va yopiq turdagi operatsiyalar o‘tkazilmoqda. E’tiborlisi bu jarayonlar mamlakatimiz miqyosida birinchi marta tashkil qilinyapti. Endi bemor bolalarga qisqa muddatda yordam berib, ularni sog‘ayib ketishiga hissa qo‘shyapmiz, – deydi Bolalar milliy tibbiyot markazi direktori Baxtiyorjon Umarov. 

Mas’ullarning ta’kidlashicha, kelgusida Bekobod tumani boshqa yondosh tuman-shaharlar uchun kardioxirurgiya sohasi bo‘yicha tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi markaz bo‘ladi. Bundan tashqari, qo‘shni Tojikiston davlatidan kelgan bemorlarga ham tibbiy xizmat ko‘rsatiladi. 

<iframe width="640" height="480" src="https://www.youtube.com/embed/Noi7KCSh8fU?si=iHJUNO23AIVAaJJp" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

A.Musayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bekobodda ilk bor jarrohlik amaliyotlari o‘tkazildi (+video)