“Go‘zallik-dunyoni qutqaradi”,degan edi Dostoyevskiy o‘zining “Telba” nomli asarida. Darhaqiqat, husn ilohiyot tomonidan insonga berilgan eng oliy hadyadir. Shunday bo‘lsada bugun insonlarni yanada go‘zal qilish uchun sanoatning alohida bir tarmog‘i qo‘shildi va bu xizmat ko‘rsatish sohasining rivojiga ham katta turtki bo‘ldi. O‘z navbatida tarmoqda minglab yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda.

“O‘zekspomarkaz” pavilonlarida 4-6 iyun kunlari go‘zallik sanoati bo‘yicha 19 Xalqaro ko‘rgazma “BeatiExpo Uzbekistan 2025” o‘z faoliyatini boshladi. Unda ushbu sanoat turi keng rivojlangan 40 dan ortiq nufuzli kompaniya va yetakchi brendlar o‘zlarining eng so‘nggi ishlanmalari va  zamonaviy texnologiyalarini namoyish etishdi.  

Bu yerda asosan yuz, soch va  tanani parvarishlash vositalari, gigiyena va uy uchun kimyoviy mahsulotlar, dekorativ kosmetika, parfyumeriya, xom ashyo va qadoqlash uskunalari, go‘zallik salonlari uchun turli materiallar namoyish qilinmoqda.  

- Bizni O‘zbekiston Sartaroshlar va kosmetologlar uyushmasi bu yerda shou dasturlar, mahorat darslarini o‘tkazmoqchimiz, - deydi O‘zbekiston Sartaroshlar va kosmetologlar uyushmasi raisi Farhod Shomurodov. - Xalqaro ko‘rgazmaning geografiyasi kengaymoqda. Yangi mahsulotlar namoyish qilinyapti, turli asbob-uskunalar taqdim etilgan. Qozog‘istondan mashhur kosmetolog sahnadan turib, yarim soat seminar tashkil qiladi. Respublikamizdagi monomarkaz talabalarini chaqirganman. O‘ylaymanki, bizni sartaroshlar, kosmetologlar,vizajistlar uchun bu juda foydali bo‘ladi.  

Ushbu ko‘rgazma orqali nafaqat dunyo go‘zallik sanoatidan xabardor bo‘lish, balki soha mutaxassislaridan mahorat darslarini olish va V2V uchrashuvlarida foydali shartnomalar imzolash uchun yana bir qulaylik yuzaga keldi.  

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/gymf5CsqhgU" title="Poytaxtimizda go‘zallik sanoati namoyish etildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Shu kuni o‘tkazilgan yana bir ko‘rgazmada bolajonlar uchun o‘yinchoqlar, yoshlarning fikrlash qobiliyatini o‘stiruvchi zamonaviy shakldagi kitoblar, bolalar kosmetikasi va onalar uchun parvarish mahsulotlari namoyish etildi. E’tiborli tomoni ushbu kompaniyalarning ko‘pchiligi O‘zbekiston bozoriga ilk bora kirib kelmoqda va bu yerda savdo-sotiq aloqalarini yanada rivojlantirishga katta umid bildirishmoqda.

Sanjar Toshpo‘latov,

Abror Sodiqov, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Poytaxtimizda go‘zallik sanoati namoyish etildi (+video)