Yaponiyaning Serendix nomli startapi qurilish sohasida inqilobiy yondashuvni namoyish etib, ikki kun ichida tayyor bo‘ladigan zamonaviy uylarni taklif qilmoqda. Bu futuristik turar joylar ulkan 3D-printerlar yordamida quriladi va qisqa vaqt ichida foydalanishga topshiriladi.

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, 49 kvadrat metr maydonga ega bunday uy atiga 44,5 soatda qurib bitkaziladi. Bu muddatga yer tayyorlash va kommunikatsiyalarni ulash ishlari kirmaydi. Ya’ni, asosiy konstruksiya, devorlar va tuzilmaning shakllanishi 3D-printer orqali avtomatlashtirilgan holda amalga oshiriladi.

Uyning narxi 37 ming AQSH dollariga teng, bu esa Yaponiya bozorida ikki xonali kvartira yoki zamonaviy xorijiy avtomobil narxiga teng. Bunday uylar nafaqat arzon va tez quriladigan, balki ekologik va energiya tejamkor variant sifatida ham e’tiborni tortmoqda.

Serendix kompaniyasi ushbu texnologiya yordamida uy-joy muammosiga samarali yechim taklif qilish, shuningdek, tabiiy ofatlar yoki favqulodda holatlarda tezkor yashash joylarini ta’minlash imkoniyatlarini ham ko‘zda tutmoqda.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/FE49pUJy7x0?si=qF5biobazWGoyo4L" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Madinabonu Nasriyeva, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaponiyada bosma uylar zamonasi boshlandi