Elektron hukumatni rivojlantirish, soha va tarmoqlarga zamonaviy texnologiyalarni joriy qilgan holda raqamlashtirish jarayonlarini kengaytirish bugungi kunning muhim talablaridan. Bu boradagi sa’y-harakatlar aholiga qulay sharoit yaratish barobarida korrupsiyaviy omillarni bartaraf etishga ham zamin bo‘ladi. Shu bois mamlakatimizda raqamli hukumat tizimini rivojlantirishga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda.

Prezidentimizning 2023 yil 11 sentyabrdagi “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonida mamlakatimizni mintaqaviy “IT-HUB”ga aylantirish, “Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotida 2030 yilga qadar Elektron hukumatni rivojlantirish indeksi bo‘yicha davlatlar ro‘yxatida birinchi 30 talikka kiritish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab berilgan. Bugungi kunda mazkur vazifalar ijrosi doirasida “Raqamli hukumat loyiha ofisi” faoliyati yo‘lga qo‘yilib, raqamli hukumat tizimini rivojlantirish yuzasidan amaldagi holat bo‘yicha tahlillar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.  

Natijada 2024 yilda e’lon qilingan reyting natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston 193 ta davlat orasida 63-o‘rinni egallab, o‘tgan hisobot davriga nisbatan 6 pog‘onaga, oxirgi 2 ta reyting natijalariga ko‘ra esa umumiy 24 pog‘onaga ko‘tarilgan. Eng muhimi, O‘zbekiston ilk marotaba Elektron hukumatni rivojlantirish indeksining baland guruhi (High EGDI)dan Elektron hukumatni rivojlantirish indeksining juda baland guruhiga (Very High EGDI) qo‘shilgan.

“Raqamli hukumat” dasturi doirasida 300 ta ustuvor loyihani ishga tushirish belgilangan bo‘lib, ushbu vazifa doirasida davlat rahbarining tegishli qarori bilan 300 ta ustuvor loyihaning ro‘yxati tasdiqlangan. Bugungi kun holatiga 2023-2024 yillarda davlat boshqaruvi va iqtisodiyotning real sektori tarmoqlari hamda hududlarni raqamlashtirish bo‘yicha jami 258 ta loyiha bajarilgan bo‘lsa, 42 tasi esa bajarilmoqda.

Sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirish, bemorlarning yagona ma’lumotlar bazasini yaratish maqsadida birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalari hamda davolash-profilaktika muassasalari faoliyatini avtomatlashtirishga qaratilgan “DMED” axborot tizimi ishlab chiqildi. Mazkur axborot tizimi respublikadagi 470 ta tibbiyot muassasasida ishga tushirilgan va ma’lumotlar bazasida 32 million bemorning birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalaridagi ma’lumotlari elektron shakllantirilgan.

“Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish uchun har ikki yilda raqamli transformatsiya dasturlari qabul qilinmoqda. Mazkur hujjatlarda “Elektron hukumat” tizimining yangi bosqichi — “Raqamli hukumat” tizimiga o‘tilib, barcha hujjatlar va munosabatlarning raqamli shaklda bo‘lishini ta’minlash, fuqarolarning davlat xizmatlaridan foydalanishi uchun murojaat qilishida ariza yozish, turli shakllarni to‘ldirish kabi ortiqcha formal tartiblarni bekor qilish, davlat idoralari zarur hujjatlarni elektron bazadan o‘zi oladigan tizim yaratish, davlat xizmatlarini “3 qadam”, “foydalanuvchi uchun moslashtirilgan”, “barchasi bir mobil ilovada” tamoyillari asosida raqamlashtirish va boshqa qator vazifalar o‘rin olgan.  

Shu yil boshidan buyon Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida 51 ta yangi elektron xizmatlar joriy etilib, ularning umumiy soni 751 taga yetgan. Foydalanuvchilar soni 11 milliondan oshgan. Qolaversa, yagona portalning mobil ilovasida 100 dan ortiq yangi elektron xizmatlar joriy qilingan holda ularning umumiy soni 565 taga yetkazilgan. 2025 yil yakuniga qadar Yagona portal orqali jami xizmatlar sonini 800 taga yetkazish, 20 ta ommabop elektron xizmatlarni ishga tushirish hamda 10 turdagi davlat xizmatlarni kompozit ko‘rinishda ko‘rsatish rejalashtirilgan.

Bular haqida kuni kecha parlament quyi palatasining majlisida aytib o‘tildi. Unda raqamli texnologiyalar vaziri Sh.Shermatovga yuborilgan “BMTning “Elektron hukumatni rivojlantirish indeksi”da O‘zbekiston Respublikasining reytingini yaxshilash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar to‘g‘risida”gi Qonunchilik palatasining parlament so‘roviga kelgan javob ko‘rib chiqildi. Muhokamalarda parlament so‘roviga javobda atroflicha ma’lumotlar taqdim etilgani qayd etilib, Raqamli texnologiyalar vazirining javobi ma’lumot uchun qabul qilindi.

Muhtarama Komilova,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2025 yil yakunigacha Yagona portal xizmatlari soni 800 taga yetkaziladi